Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining predmeti va mazmuni


REALIZM VA TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI



Yüklə 301,15 Kb.
səhifə42/43
tarix02.01.2022
ölçüsü301,15 Kb.
#37316
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Jahon adabiyoti yakuniy

REALIZM VA TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI


Reja:

  1. F.Stendal hayoti va ijodi.

  2. Stendalning«Qizil va Qora» romanining badiiy xususiyatlari.

  3. «Parma ibodatxonasi» romanida erksevarlik va vatanparvarlik g’oyalarining ulug’lanishi.

  4. Balzak ijodining jahon adbiyotida tutgan o’rni.

Frederik Stendal Fransiyannig Grenobl shahrida advokat oilasida tug’ildi. bo’lajak yozuvchining onasi erta vafot etib ketadi. Otasi esa o’g’lining tarbiyasi bilan shug’ullanmaydi. Stendal maktabda tahsil ko’rar ekan, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlarining asarlarini qiziqib o’qiydi. O’qishni tamomlagach, Stendal Parijga politexnika maktabiga keladi. Ammo o’qishga kirolmaydi va harbiy vazirlikka ishga joylashib, Napoleon Bonapartning harbiy yurishlarida ishtirok qiladi. Stendal fransuz armiyasi safida Italiya, Germaniya va Rossiyada bo’ladi. 1814 yilda Napoleon taxtdakn tushgach, Stendal Italiyaga ketadi. Italiyani, uning quvnoq, mehnatsevar xalqini sevib qolgan Stendal bu mamlakat hayotiga oid bir necha asarlar yaratadi. 1821 yili Stendal Fransiyaga qaytishga majbur bo’ladi. 1830 yil Italiyaning Chivita-Vekkia shaharchasiga fransuz konsuli bo’lib tayinlanadi. 1842 yili Stendal Parijda to’satdan vafot etadi.

Stendal zamonasining eng iqtidorli kishisi edi. Uning ijodi xilma-xil janrlarni, san’atning turli sohalarini qamrab oladi. Uning beshta romani, «Italiya yilnomalari» nomli novellalar to’plami, «Anri Bryular hayoti», «Avtobiografik maktublar»,

«Egotistning esdaliklari» kabi asarlari, kundalik va xotiralari saqlanib qolgan.

Stendalning fransuz imperatori to’g’risida yozgan «Napoleon hayoti», «Napoleon haqida xotiralar», shuningdek, «Rim», «Neapol», «Florensiya» nomli yo’l lavhalari,

«Rim bo’ylab sayohat», «Turist xatlari» nomli esdaliklari bor. Muallifning bu asarlarida falsafiy, siyosiy hamda estetik mulohazalari bayon etilgan. Stendal musiqa, teatr va boshqa san’at turlarini juda yaxshi his qila olgan. «Italiyada tasviriy san’at tarixi»,

«Gaydi, Motsart va Metastazio hayoti» nomli asarlari buni ko’rsatib turibdi.

Stendalning«Qizil va Qora» (1830) romanidagi qizil sifati«erkinlik»,

«respublika» tushunchalarini anglatsa, qora «qarama-qarshi kuchlar»ni bildiradi. adib Dantonning «Haqiqat, achchiq haqiqat!» degan so’zlarini romaniga epigraf qilib oladiki, bu bilan u asar voqealarining faqat chin haqiqatni hikoya qilishini ta’kidlaydi. Roman syujeti 1827 yili gazetada bosilgan sud voqealaridan olingan. Antuan Berte nomli yigit o’zi o’qituvchilik qilgan xonadon bekasi Mishu xonimga suiqasd qilgan va bunnig uchun u o’lim jazosiga hukm etilgan. Stendal ana shu sud xronikasini olib, uni badiiy jihatdan qayta ishlab yirik, salmoqdor asar yaratadi.

«Qizil va Qora» romanining qahramoni kambag’al duradgorning o’g’li Jyulen Sorel. U maktabda yaxshigina bilim olgan, qobiliyatli, shuhratparast yigit. Jyulen Sorelning harakat doirasi Verer, Bezanson, Parij shaharlari bilan belgilangan.

Verer shahrining Meri zodagon janob de Renal Jyulen Sorelni bolalariga tarbiyachi qilib oladi. Sorel bu xonadonda yuqori tabaqa vakillari bilan yaqindan tanishadi. Uy bekasi Renal xonimning sevgisini qozonadi. Renal xonim bilan Jyulen Sorelning xatti-harakatlarini qoralagan xatlar ko’payib ketganidan so’ng janob de Renal bu gap-so’zlarga chek qo’yish uchun tarbiyachi yigitni Bezanson shahriga diniy seminariyaga o’qishga jo’natadi.

Sxolastik bilim berish usuli, har qadamda talabalarni ta’qib ostiga olish, ular ketidan josuslik qilish singari seminariya tartiblari qobiliyatli qahramonni qanoatlantirmaydi. Endi Jyulen Sorel diniy seminariyani tashlab, o’z baxtini sinab ko’rish maqsadida Parijga qarab yo’l oladi. Jyulen Sorel Parijda yirik zodagon markiz de lya Mol saroyiga kotib va kutubxona mutasaddisi bo’lib ishga kiradi. Qobiliyatli yigit tez orada markiz de lya Mol saroyida ko’zga tashlanib qoladi. YOsh Sorel markiz de lya Molning qizi Matildaning diqqatini o’ziga tortadi. Bundan xabar topgan markiz qizini kambag’al fuqaro yigitga berishga rozi bo’lmaydi. Oxirida ota qizining istagiga moyillik bildiradi. Lekin, baribir, markiz bo’lajak kuyovining avval ishlagan joyidan, ya’ni Verer shahridan u haqda xarakteristika so’raydi. Renal xonim ruhoniy tazyiqi ostida Jyulen Sorelga salbiy xarakteristika yozadi. Tabiiyki, markiz de lya Mol endi Jyulen Sorelni kuyov qilishdan bosh tortadi.

Bundan g’azablangan yigit Renal xonimdan o’ch olish uchun Verer shahriga oshiqadi. Uni ibodatxonada uchratib, to’pponcha bilan otadi. YUqori tabaqa vakili bo’lgan ayolga suiqasd qilganligi uchun yigit qamoqqa tashlanadi. Sud unga o’lim jazosi hukmini chiqaradi. «Janobi maslahatchilar! – deydi Jyulen Sorel sudda, - …Siz oldingizda o’zining ayanchli qismatiga qarshi isyon ko’targan oddiy bir fuqaroni ko’rib turibsiz. Men sizlardan rahm-shafqat so’ramoqchi emasman… meni o’lim kutmoqda, menip qattiq jazoga hukm qiladigan odamlarni ko’rib turibman. Ular yo’qsillikda ezilgan, lekin yaxshi ma’lumot olishga muvaffaq bo’lgan va shu boisdan takabbur boyonlar, yaxshi jamiyat, deb ataydigan muhitga suqulib kirishga jur’at etgan past tabaqa yigitlariga ibrat bo’lsin uchun ham shunday qiladilar».

Qahramon o’zining tamomila dushman doiralari orasida bo’lib, kuch uning dushmanlari tomonida ekanini yaxshi biladi, ammo ulardan marhamat kutmaydi. Mag’rur turib o’lishni afzal ko’radi. Stendalning romani bosilib chiqqan paytda ko’p zamondolari uni to’g’ri tushunmadilar. Balzak, Gyote singari yirik yozuvchilar asarning buyukligini qayd etdilar. «Qizil va Qora» XIX asrning oxirlariga kelib ko’pchilik diqqatini o’ziga tortadi. «Qizil va Qora»ni o’zbek kitobxonlari ham H.To’rabekov tarjimasida sevib o’qimoqdalar.


Yüklə 301,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin