Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə15/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
амалиёт

Limonit - Fe2O3.nH2O (qo'ng'ir temirtosh). Ko'pin­cha buyraksimon, yoki stalaktit (sumalak) shakllarida, yoki zich, yaxlit, g'ovak shlaksimon, ko’kunsimon massalar tarzida uchraydi. Rangi qo'ng'irdan qoragacha. Ko’kunsimon li­monit yoki limonit oxrasi ancha ochsarg'ish, qo'ng'ir rangli bo'ladi. Chizig'i och qo'ng'ir yoki sariq qo'ng'ir.
Buyraksi­mon limonit smolasimon qora rangda yaltiraydi. Qat­tiqligi 1 dan 4 gacha, solishtirma og'irligi 3,3 dan 4 gacha g/sm3. Muhim temir ma'dani.
Gips - CaSO4·2H2O. Singoniyasi monoklin (4-rasm). Kris­tallari tabletkasimon, ba'zan ustunsimon yoki prizma shakliga ega. Bo'shliqlarda druzalar shaklida uchraydi. Odatda mayda, zich kristallangan agregatlar, yoriqlarda esa tolalardan iborat ipaksimon massalar hosil qila­di. Yopishib o'sgan qo'shaloq kristallari ko’p. Rangi oq . Ayrim kristallari shaffof va rangsiz. Qo’shimcha komponentlari hisobiga kulrang, och pushti, sariq, qizil, qoramtir va qora ranglarda bo'ladi. Yaltiroq ligi shishadek. Ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 1,5 (tirnoq bilan chiziladi). Juda ham mo'rt. Ulanish tekisligi o'ta mukammal va ajralgan bo'laklari shaklida, burchaklari 66 va 114° bo'ladi. Solishtirma og'irligi 2,3 g/sm3.
Gips 80-90°da suvini yo'qota boshlaydi, 120-140° da butunlay yarimgidrat, ya'ni angidritga aylanadi. Gips suv havzalarida hosil bo'lgan bo'lib, cho'kindi tog’' jinslarini tashqil qiladi.
Angidrit - CaSO4. Singoniyasi rombik. Kristallarining qiyofasi qalin tabletkasimon yoki prizmasimon. To'g'ri tuzilgan kristallari kam. Odatda, yaxlit donador massalar, ba'zan nayzasimon agregatlar holida uchraydi.
Angidritning rangi oq , ko'pincha havorang, och-kulrang, ba'zan qizg'ish tuslarda bo'ladi. Rangsiz shaffoflari ko’p uchraydi. Shishadek yaltiraydi. Ulanish tekisligi yuzasida sadafdek tovlanadi. Qattiqligi 3-3,5. Ulanish tekis­ligi mukammal. U uchta o'zaro tik yo'nalish bo'yicha kris­tallari sinib, ancha osonlik bilan bo'lakchalarga ajraladi. Solishtirma og'irligi 2,8-3,0 g/sm3. Suv ta'sirida hajmi 30% ko'payib gipsga aylanadi.
Angidrit juda katta uyumlar holida cho'kindi tog’' jins qatlamlarini hosil qiladi. Angidrit gipsni suvsizlanishi hisobiga hosil bo’ladi. Ular yer yuzasiga chiqib qolganda u suvni o'zlashtirib gipsga aylanadi. Angidrit asosan qurilish sanoatida va har xil ziynatlar tayyorlashda qo'llaniladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin