5-AMALIY MASHG’ULOT ОКСИДЛИ ВА ГИДРООКСИДЛИ ГАЛОИДLI ВА SUL’FAT МИНЕРАЛЛАРНИ ЎРГАНИШ Minerallarni aniqlashda mis sim, shisha bo'lagi, temir sim, xlorid kislotasidan foydalaniladi.
Oksidli minerallar. Oksidlarga anionlari - kisloroddan tuzilgan minerallar kiradi. Gidroksidlarda esa anion o'rnini gidroksid (OH) guruh egallaydi. Gidroksidlar, odatda oksidlar suv bilan o'zaro reaksiyaga kirishi natijasida hosil bo'ladi. Ularning qattiqligi juda past, ammo ular Yer qobig'ining tuzilishida muhim o'rin tutadi.
Kvars - SiO2. U eng ko'p uchraydigan mineral bo'lib, u yer qobig'i massasining deyarli 12% ini tashqil etadi.
Kristallari odatda cho'ziq prizma shaklida bo'ladi. Singoniyasi geksagonaldir. Agregatlari donador zichlangan va jo'ra kristallardan iborat, ba'zan ayrim kristallari juda katta bo'lib o'sadi.
Kvarsning yashirin kristallari turi xalsedon ko'pincha po'st, buyraksimon oqiq, yoki sferolit, ko'proq kremen deb ataladigan konkretsiyalar tarzida uchraydi. Xalsedon agregatlarini turli rangdagi yo'l-yo'l konsentrik zonal turini agat deb yuritiladi.
Bunday tuzilish turli rangli xalsedon, ba'zan kvarsdan iborat qatlamlarning navbatma-navbat joylanishidan vujudga keladi. Kvarsning rangi xilma-xildir. Uning navlari ham ko'p. Masalan, ravshan kristalli tiniq kvarsni tog’' xrustali, binafshasini tog’' xrustali ametist; rangi tutunsimon shaffof xilini rauxtopaz, qorasini marion va tillarang sarg'ishini sitrin deb yuritiladi
Xalsedon ham xilma-xil tuslarda bo'ladi. Agatlar yoki onikslar tabiatda konsentrik zonal, yoki bir tekis, parallel juda yupqa xalsedon qatlamlaridan tuzilgan bo'lib, har xil tus va ranglarda uchraydi.
Kvars shishadek yaltiraydi, xalsedon esa mum kabi, goho xira tovlanadi, qattiqligi 7, solishtirma og'irligi 2,65 g/sm3. Ulanish tekisligi yo’q.
Kvars kristallari pyezoelektrlanish xususiyatiga ega, ya'ni Mexanik kuchlar ta'sirida elektr zaryadlari hosil bo'ladi. Erish harorati 1713°C.
Kvars va xalsedon zeb-ziynat buyumlari, tilla asboblar uchun aniq Mexanikada, radiotexnikada, kislotaga va o'tga chidamli idishlar, kvars lampalari yasashda, oyna sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Kremnezyomni suvli oksididan iborat bo'lgan amorf modda opal - SiO2 ∙ nH2O deb aytiladi. Ohaktosh, bo'r va boshqa cho'kindi jinslarning ichida dumaloq holda uchraydigan kir (gil va opal aralashgan) xalsedonli jins kremen (chaqmoq tosh) deb ataladi.