Barit - BaSO4. Grekcha "baros" - og'irlik demakdir. Bu mineralning katta solishtirma og'irlikka ega ekanligi qo'lga olish bilanoq seziladi. Romb singoniyali. Qo'shaloq kristallari kam. Kristall yonlari chiziqlar bilan qoplangan bo'ladi. Uyumlari ko'pincha donador. Kamdan-kam zich, yashirin kristallangan, tuproq simon bo'ladi. Bo'shliqlarda kristall shodalarini ko'rish mumkin. Rangi kuchsiz oq , rangsiz. Aralashgan moddalar bilan oq yoki kulrang, qizil, sariq yoki qo'ng'ir, qoramtir va qora, ba'zan och rang va boshqa tuslarda bo'ladi. Yaltirashi shishasimon. Ulanishi mukammal. Solishtirma og’irligi 4,3-4,5 g/sm3, qattiqligi 3,0-3,5.
Parma quduqlari devorlarini sementlashda, kimyo sanoatida, ko'nchilikda, tibbiyotda, rezina, qog'oz, bo'yoq chilik va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Nazorat savollari:
1. Oksidlarga nimalar kiradi?
2. Oksidli minerallarni ta'riflab bering.
3. Gidrooksidlarga nimalar kiradi?
4. Gematit so'zi nima ma'noni anglatadi?
5. Gidrooksidli minerallarni ta'riflab bering.
6-AMALIY MASHG’ULOT
KARBONAT, FOSFAT VA SILIKAT MINERALLARI Karbonatlarning optik xususiyatlari CO3 anionining yassi shakli bilan bogliq holda eng yuqori ikkilantirib sindirish ko'rsatkichi Ng-Np ekanligidandir. Shuningdek, mis karbonatlarining to'q-yashil yoki ko'k rangli bo'lishi ehtimol mis (Cu2+) kationining o'ziga xos tuzilishi bilan bog'liq bo'lsa kerak.
Kalsit - CaCO3 yoki ohak shpati. Kalsitning tiniq xili island shpati deb yuritiladi. Kalsitning singoniyasi trigonal. Kalsit prizma yoki ustunsimon kristallar holida topiladi. Druza bo'lib o'sgan kristallar tog’' jinsi bo'shliqlarida uchraydi. Ulanish tekisligi mukammal
Ohaktoshli g'orlarda stalaktit va stalagmit shakllardagi kalsitlar uchraydi. Kalsitning zich yashirin kristallangan, ba'zan qatlam bo'lib tuzilgan tog’' jinslari ohaktosh deb yuritiladi. Ko'pincha rangsiz yoki sutdek oq bo'ladi. Shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 3. Solishtirma og'irligi 2,6-2,7 g/sm3. Xlorid kislotada yaxshi eriydi.
Kalsit va uning shaffof turlari optikada, zargarlik va san'at buyumlarini tayyorlashda, kimyo, metallurgiya, sement va poligrafiya sanoatida, qurilishda ishlatiladi.