Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə19/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65
амалиёт

Orolsimon silikatlar Bu turdagi strukturada kremniy-kislorodli tetraedrlar yakka-yakka, qo'shaloq yoki bir-biri bilan halqa holida bog'langan 3,4 yoki 6 ta tetraedr guruhlari bo'ladi.
Kremniy-kislorodli tetraedrlarning bu orolchalarini Mg, Ca va boshqa kationlar ushlab turadi. Yakka tetraedrli orolsimon silikatlar kimyoviy jihatdan tub ortosilikatlarga to'g'ri keladi. Orolsimon silikatlar­ga minerallardan sirkon Zr2[SiO4], forsterit Mg2[SiO4] va granat kiradi.
Forsterit minerali olivin guruhiga kiradi va ular izomorf qatorni tashqil qiladi. Bu qatorning chekka hadlari magneziyli forsterit va temirli fayalit Fe2[SiO4] dir. Odatda, shu ikki komponentning izomorf aralashmasi olivin (MgFe)2[SiO4]2 deb ataladi. Temir magniy­li, lekin silikat kislotasi ham bo'lgan bu silikat asos va o'ta asos magmatik jinslar uchun xosdir.
Granatlar (anortosh). Magmatik jinslarda kam uch­raydi. U asosan metamorflashgan jinslar uchun xosdir. Granatlarning xillari ko'pdir. Ularga pirop Mg3A12[SiO4]3; almandin - Fe3A12[SiO4]3; spessartin Ca3Al2[SiO4]3; grossulyar Ca3A12[SiO4]3; andratit Ca3A12[SiO4]3; uvarovit Ca3Cr2[8 SiO4]]3 kiradi. Hammadan ko'p tarqalgani pushti-qizil rangdagi temir glinezyomli granat - almandin va yashil-qo'ng'ir va qoramtir ohak temirli andradit va eng kam tarqalgan granat - yashil rangdagi ohak gilli grossulyardir. Granat kristallari juda ko'plab uchraydi. Ularning juda katta kristallari ham ko'pdir. Masalan: Norvegiyada 700 kg og'irlikdagi granat topilgan. Granat abraziv va yarim qimmatbaho toshdir.
Orolli silikatlarga (ortosilikatlarga) magmatik va metamorflashgan jinslarni hosil qiluvchi, odatda ko'kimtir-sariq rangdagi donador va shu'lasimon agregatlar hosil qiluv­chi epidot (CaSe)(A1,Fe)3·(OH)O[SiO4][Si2O7] yoki Ca3(A1,Fe)Si3O12[OH] kiradi. Uning qattiqligi 6-7, kris­tallari triklin singoniyada; oq va zangori rangli, (shishasimon yaltiroq , plastinkasimon. Qattiqligi 4-6,5 bo'lgan disten A12O[SiO4]; rombik singoniyali, kulrang va pushti, shishasimon yaltiroq va ulanish tekisligi aniq bo'lmagan ustunsimon, prizmasimon kristall, qattiqligi 7,5 bo'lgan andalo’zit A12O[SiO4]; qizil-qo'ng'ir rangdagi, qat­tiqligi 7-7,5 bo'lgan stavrolit 2A12O[SiO4]Fe(OH)2 va qattiqlik shkalasida 8 o'rinda turuvchi, jins hosil qilishi jihatidan uncha ahamiyati yo'q, rombik singoniyali topaz A12(F,OH)2[SiO4] minerallari kiradi.
Ortosilikatlar juda sodda tuzilgan bo'lib, ionlari zich joylashgan. Shuning uchun ham solishtirma og'irligi va nur sindirish ko'rsatkichi katta. Ayni vaqtda alyumi­niy umumiy kislorod ionlari bilan birikmaydi. Ortosilikatlarning kristallari odatda izomorf bo'ladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin