Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə22/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
амалиёт

Kaolinit - A14[Si4O10](OH)8. Alyumosilikatga boy bo'lgan magmatik va metamorflashgan tog’' jinslarining nurashidan hosil bo'ladi. Shuning uchun ham kaolinit ko'pchilik gillarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu mine­ral kimyoviy tarkibi va kristall strukturasiga ko'ra alyu­miniy silikati bo'lib, dala shpati minerallarining nurashi natijasida quyidagi reaksiyaga muvofiq hosil bo'la­di: 4K[A1Si3O8] + 4H2O + 2KCO3 + 8SiO2 + A14(OH)8 [Si4O10].
Kaolinitning tuproq qa o'xshash massasi kaolin gili yoki kaolin deb ataladi. Kaolin o'tga chidamli (chinni) gillar sifatida va qog'oz sanoatida ishlatiladi.
Varaqsimon alyumosilikatlar orasida jins hosil qilishi jihatidan monoklin singoniyasida kristallanuvchi slyudalar muhim o'rin to’tadi.
Yer qobig'idagi jinslarda slyudalar 4 foizni tashqil qiladi. Slyudalar magmatik (asosan, nordon va o'rta) va meta­morflashgan jinslarning tarkibiga kiradi.
Slyudalar bir tomonlama juda mukammal ulanish tekisligi bo'lganidan yupqa-yupqa varaqlarga ajraladi.
Muskovit - KAl12(F,OH)2[A1Si3O10]. Rangsiz yoki bir oz sargish, och-yashil rangli, shaffof. Mayda tangachali turi seritsit deb yuritiladi.
Muskovit ko'pincha plastinka yoki tabletkachasimon bo'lib, ko'ndalang qirqimi psevdogeksagonal yoki rombga o'xshash bo'ladi. U shishasimon yaltiroq . Ulanish tekisligini yuzasi sadafdek tovlanadi va o'ta mukammaldir.
Muskovit yaxshi elektr izolyatordir. Oyna sifatida ham ishlatiladi.
Biotit - K(MgFe)3(OH,F)2[A1Si3O10]. Qora rangli temir-magniyli slyudalarga kiradi. Muskovit varaqlari singari biotitning yupqa varaqlari flogopitga, ya'ni ko'kimtir qo'ng'ir rangli mineralga qarama-qarshi o'laroq egiluvchan bo'ladi, lekin flogopitning rangi biotit rangiga o'xshaydi. Biotit jins yaratuvchi mineral sifatida tomir va metamorflashgan jinslarda uchraydi.
Xloritlar yashil rangli bo'lib, juda mukammal ulanish xossasiga ega, ular orasida tashqi ko'rinishdan farq bo'lmasa ham, kimyoviy tarkibi har xil bo'lgan bir necha xillari bor. Umuman, magniy, temir va alyuminiyli varaqsimon alyumosilikatlardir, tarkibi taxminan (Mg,Fe)5A1(OH)8[A1Si3O10]. Xloritlarning tarkibi ancha o'zgaruvchandir. Slyudalardan farqi xloritlarda ishqor bo'lmaydi.
Nomi - grekcha xloros - yashil degan ma'noni bildiradi. Bu minerallar, asosan metamorflashgan jinslarda uchraydi. Bunday jinslarda ular magniy-temirli silikatlar hisobiga hosil bo'ladi. Xloritning kristallari taxtasimon va tabletkasimondir. Uyumlari tangacha, sferolit va yashirin kristalli bo'ladi. Ba'zan xloritlar metamorflashgan jinslarda xloritli slanes qatlamlarini hosil qiladi.
Glaukonit - (gidroslyudalar guruhi). Temir va magniyning suvli alyumosilikati bo'lib, tarkibi jihatdan temirli slyudaga yaqin turadi. Glaukonit formulasi: K(Fe, A1, Mg)2(OH)2[Si3(Si, A1)O10]·nH2O. Glaukonit bir qancha minerallar aralashmasidan iboratdir. U asosan dengizda hosil bo'ladi. Shuning uchun glaukonit qum, qumtosh, gillar, ohaktosh va boshqa cho'kindi jinslarda ko’p uchraydi. U kristallar hosil qilmaydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin