Hozirgi zamon ko'rinishidagi organiq dunyo, insonning paydo bo'lishi
Yuqori
Q3
1,5 - 2
O'rta
Q2
Quyi
Q1
Neogen
N
Pliotsen Miotsen
N1 N2
24
Hozirgi zamon ko'rinishidagi yoki unga yaqin bo'lgan quruqlik va dengiz jonzotlarining paydo bo'lishi
Paleogen
Oligotsen
Eotsen
Paleotsen
3 2 1
Yopiq urug'li o'simliklar, sodda ko'rinishdagi sut emizuvchilarning zamonaviy ko'rinishiga yaqin dengiz faunalarining paydo bo'lishi
41
MЕZOZOY - MZ
Bo'r
K
Yuqori
Quyi
K2
K1
70
Yopiq urug'li o'simliklar, ulkan sudralib yuruvchilar, dengizlarda boshoyoq li mollyuskalarning hukmronligi
Yura
J
Yuqori
J3
58
Ochiq urug'li o'simliklar, quruqlikda ulkan sudralib yuruvchilarning paydo bo'lishi
Quyi
J1
Trias
T
Yuqori
O'rta
Quyi
Т3
Ochiq urug'li o'simliklarning, sudralib yuruvchilar faunasi. Dengizlarda umurtqasiz jonivorlarning yangi guruxlari
Т2
45
Т1
PALЕOZOY - PZ
Perm
P
Yuqori
Р2
Ochiq urug'li o'simliklarning,
quruqlikda ilk sudralib yuruvchilar, dengizlarda paleozoy xarakterli umurtqasizlar halokati
Quyi
Р1
45
Toshko’
mir C
Yuqori
С3
Igna barg paportniklar, quruqlikda yirik hayvon, dengizda xilma-xil umurtqasiz tog’'ayli va suyakli baliqlar paydo bo'lishi
O'rta
С2
65-75
Quyi
С1
Devon
D
Yuqori
D3
55-60
Psilofit, paporotnik, quruqlik jonivori va hasharotning paydo bo'lishi, dengizdagi xilma-xil umurtqasizlar
O'rta
D2
Quyi
D1
Silur
S
Yuqori
Quyi
S2 S1
35
Psilofitlar, umurtqa-sizlar,dengiz fau-nasi, gigant qisqich baqalarva boshqa-larning ilk bor paydo bo'lishi
Ordovik O
Yuqori
O'rta
Quyi
O3 O2 O1
70
Trilofitlar. Dengizda grabtolitlar ignatanli jonzotlarning paydo bo'lishi
Kembriy
Е
Yuqori
O'rta
Quyi
Є3 Є2 Є1
70
Sodda ko'rinishdagi umurtqasizlar,gubka chuvalchanglar, suv o'simliklarining keng tarqalishi
PROTЕROZOY-PR
PR3 PR2 PR1
2100
Sodda ko'rinishdagi oq sil bog'lanish, hayotning yerda taxminiy paydo bo'lishi
ARXЕY-AR
АR
2800
1. Davr deb nimaga aytiladi?
2. Mezazoy erasiga qaysi davrlar kiradi?
3. Jadval nechta eraga bo'lingan?
4. Yerning yoshi jadval bo'yicha nechaga teng?
5. Qaysi eralar davrlarga bo'linmaydi?
8-AMALIY MASHG’ULOT MAGMATIK TO JINSLARI. ULARNING STRUKTURASI, TEKSTURASI VA YOTISH SHAKLLARI. Mаqsаd: Magmatik tog’ jinslari to’g’risida umumiy tushunchа bеrish; Magmatik tog’ jinslarining strukturasi, teksturasi va tasnifi bo‘yichа bilimlаrni kеngаytirish vа chuqurlаshtirish.
Nazariy asoslar:Minerallar odatda muayyan bir sharoitda mineral agregatlarini xosil kiladi. Minerallarning bunday tabiiy birikmalari tog’ jinslari deb ataladi. Tog’ jinslari shu xosil bo’lgan mavjud sharoit uchun doimiy bo’lgan tarkibga va tuzlishga ega bo’ladi.
Tog’ jinslarining asosiy tarkibi bir xil mineraldan (monomineral) yoki bir necha xil minerallardan (polimineral) tashqil topishi mumkin. Magmatik tog' jinslari magma hisobiga hosil bo'ladi. «Magma» qadimiy yunon so'zi bo'lib, xamir ma'nosini bildiradi. Magma tabiiy eritma sifatida yer qobig’ida vujudga keladi. Uning harorati yuqori bo'lgani uchun silikatlar va sulfidlar erigan holda bo'ladi. Shu bilan birga bosim ham yuqori darajada bo'lib, magmadagi uchuvchan komponentlarni ushlab turishga yordam beradi. Uchuvchan komponentlardan ko'p miqdorda H2O, CO2 va ozroq HF, HCl, BO2 , CN4, S va boshqalar uchraydi. K.Goransonining tajribaviy ma'lumotlarga qaraganda ularning miqdori 12 foizgacha yetadi.
Magmatik jinslar mineral tarkibi magmaning kimyoviy tarkibiga va uning qaysi muhitda kristallanishiga bog’liq. Magmaning har xil kimyoviy tarkibli turiga jinsni tashkil qiluvchi minerallarning ma'lum paragenezi to'g’ri keladi. Jinslarning mineral tarkibi ularning kristallanish sharoitiga bog’liq ekanligini intruziv va effuziv jinslarni taqqoslab o'rganib bilish mumkin. Intruziv jinslar magmaning asta-sekin sovishi jarayonida hosil bo'ladi, shu sababli ularga minerallarning muayyan paragenezisi xarakterlidir.
Effuziv jinslar magmaning tez sovishi jarayonida hosil bo'lgani uchun ularga muvozanatsiz minerallar paragenezisi xosdir.
Magmatik jinslarda uchraydigan minerallar genetik belgilariga va tasniflanish ahamiyatiga qarab farqlanadi. Minerallar hosil bo'lish sharoitlariga asoslanib, birlamchi va ikkilamchi guruhlarga kiritiladi. Birlamchi minerallar magmaning kristallanishi hisobiga hosil bo'ladi. Ular o'z navbatida asosiy va aksessor minerallarga bo'linadi. Asosiy minerallar jinsni tashkil etuvchi minerallar bo'lib, ularga asoslanib jinslarga nom beriladi. Jinsni tashkil qiluvchi asosiy minerallar kimyoviy tarkiblarga qarab o'z navbatida ikkiga salik va femik minerallarga bo'linadi. Salik minerallar o'z tarkiblariga kiruvchi asosiy kimyoviy elementlar Si, Al bilan nomlangan. Bu minerallar tarkibida yana quyidagi kationlar uchraydi: Na, K va Ca. Salik minerallar oq rangli bo'lib, shlifda rangsiz ko'rinadi. Shu sababli ular (2-jadval) rangsiz yoki leykokrat (yunoncha - leykas rangsiz) mineral deb nomlanadi. Femik (yoki mafik) minerallarning tarkibida ko'p miqdorda Fe va Mg uchraydi. Bu atamaning sinonimlari rangli yoki melanokrat (yunoncha melanos-to’q qora degan ma'noni bildiradi).
Jins tashkil qiluvchi asosiy minerallar bilan birga jins tarkibida kam bo'ladigan aksessor minerallar ham uchraydi. Ularning miqdori jins tarkibida 5 foizdan oshmaydi. Har bir jinsning o'ziga xos ma'lum aksessor minerallari bo'ladi.
Ikkilamchi minerallar tog’ jinsi kristallanib bo'lgandan keyin ikki usul bilan: a) birlamchi minerallarning gaz va eritmalar ta'sirida o'zgarishidan; b) suv eritmalari va gaz emanatsiyalarining tarkibida bo'lgan kimyoviy elementlar hisobiga yoriqlarda kimyoviy birikmalarning ajralib chiqishidan hosil bo'lishi mumkin.
Effuziv jinslar magmaning tez sovishi jarayonida hosil bo'lgani uchun ularga muvozanatsiz minerallar paragenezisi xosdir.