Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə23/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
амалиёт

To'qimasimon silikatlar. Kristall strukturalarda (SiA1)O4 tetraedrlarning uch o'lchamli uzluksiz to'qimasi bo'lgan silikatlarning juda ko'pi tabiatda keng tarqalgan va muhim jins yaratuvchi minerallardir. Ularning kristall strukturasida faqat SiO4 tetraedrlari emas, balki A1O4 tetraedrlaridan tashqil topgan kompleks anionlar ham ishtirok etadi. Har bir kislorod ioni bir vaqtda ikkita tetroedrga tegishli bo'ladi, tetraedrlar to'rtta uchidan ulanadi. To'qimasimon silikatlarda alyuminiy ionlari kremniy ionlarining o'rnini oladi, shunga ko’ra tetra­edrlar alyumokislorodli va kremniy kislorodli tetraedrlarga bo'linadi.
To'qimasimon silikatlar kimyoviy jihatdan K va Ca alyumosi-likatlardir. To'qimasimon silikatlarning qattiqligi bir xil (5-6 atrofida) va to'q och bo'lishi xosdir.
To'qimasimon alyumosilikatlar orasida ikki guruh minerallar: dala shpatlari va feldshpatiodlar bor. Ma'lum bo'l­gan tog’' jinslarining 50% ini dala shpatlari tashqil qiladi. Kaliyli dala shpatla­ri orasida ortoklaz - K[A1Si3O8] katta ahamiyatga egadir. Ulanish tekisliklaridagi burchagi 90°. Bu mi­neral monoklin singoniyada kristallanadi va to'g'ri burchaklar hosil qiladi.
Kimyoviy tarkibi ortoklazga o'xshaydigan triklin singoniyada kristallanadigan mikroklin ham shu guruhga kiradi. Yashil rangdagi ortoklazni amozonit deb yuritiladi, u keng tarqalgandir. Shaffof, rangsiz xili adulyar nomini olgan. Ortoklaz kristallarining tashqi ko'rinishi ko'proq prizma shaklida bo'lib, ulanish yuzasi mukammaldir. Rangi och-pushti, qo'ngir-sariq, qizg'ish oq , ba'zan go'shtsimon qizil bo'ladi va shishasimon yaltiraydi.
Ortoklaz bilan mikroklin nordon va o'rta magmatik jinslarning asosiy tarkibiga kiradi. Ortoklaz, asosan shisha va keramika sanoatida, rangli xili har xil bezaklar va buyumlar tayyorlashda qo'llaniladi.
Natriy va kalsiyli dala shpatlari plagioklazlar deb yuritiladi. Ular albit (Ab)-Na[A1Si3O8] va anortit (An) - Ca[A12Si2O8] molekulasini (qattiq, eritmalar) izomorf aralashmasining to’tash qatoridan tashqil topgan.
Plagioklaz tarkibidagi anortit molekulasining miqdoriga qarab alohida raqamlanadi. Masalan, raqami 60% bo'lgan plagioklaz, 60% anortit va 40% albit molekulasidan tashqil topgandir.
Tabiatda shu plagioklazlar to’tash qatorining hamma xillari albitdan to anortitgacha bo'lgan minerallardan iboratdir. Plagioklaz raqamlariga qarab nordon (raqa­mi 0-30 gacha), o'rta (raqami 30-60 gacha) va asos (raqami 60-100 gacha) bo'ladi. Tarkibi har xil bo'lgan plagioklaz­lar turli raqam bilan ataladi. Ularning eng muhimlarini quyida keltiramiz:
Hamma plagioklazlar triklin singoniyada kristal­lanadi. Anortitda silikat kislota albitdagiga nisbatan ancha kam bo'ladi. Shuning uchun ham plagioklazlar nordon (al­bit, oligoklaz), o'rta (andezin) va asos plagioklazlar (labrador, bitovnit, anortit) ga bo'linadi. Plagioklazning nechog'lik nordon bo'lishi mineral tarkibidagi al­bit bilan anortitning miqdoriy nisbatiga bog’liq.
Magmatiktog’’jinslaridagi plagioklazlarning hamma xillarini oddiy ko'z bilan bir-biridan ajratish qiyin. Labradorda ro'yirost ko'rinib turadigan zangori va yashil tuslarning tovlanishi xususiyatlariga ko'ra uni boshqalardan osonroq aniqlash mumkin. Mayda kristall holatdagi plagioklaz va ortoklazlarni lupa yordamida bir-bi­ridan ajratish mumkin.
Plagioklazlarning singan yuzasi kristalli polisin­tetik qo'shaloq hosil qilib o'sishi natijasida mayda chiziq tortilgandek ko'rinadi.
Ularning rangi oq , och-kulrang, ba'zan och-yashil, ko'kimtir bo'lib, shishasimon yaltiraydi.
Ko'kimtir bo'lib tovlanib turadigan to'q-kulrang yoki qoramtir labradoritlar bezak tosh sifatida ishlatiladi.
Optik xususiyatiga qarab alohida nomlanuvchi nordon plagioklazlarga oy toshi va avantyurin (yoki quyosh toshi) kiradi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin