Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə12/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
m dissertatsiya

SWOT Tahlili


2.1- Rasm. Termiz davlat universiteti tasnifida SWOT tahlili
Tahlil aynan Surxondaryo viloyati ta’lim xizmatlari bozorida amalga oshirildi. Sohani torroq olish maqsadida aynan oliy ta’lim muassasalari miqyosida tahlil amalga oshirildi. Tahlil amalga oshirilishi maqsadida Surxondaryo ta’lim xizmatlari bozorida aholiga xizmat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasasi tanlab olindi. SWOT tahlili aynan Termiz davlat universiteti nisbatida taqdim etilgan.
Ushbu dissertatsiiyada keltirilgan tahlil jarayonlarida, Termiz davlat universitetida ayni damda tahsil olayotgan talabalaridan so‘rovnoma olindi. So‘rovnomada, ular tahsil olayotgan oliy ta’lim dargohining kuchli va kuchsiz taraflari, ularni qoniqtirayotgan va qoniqish hozil qilmayotgan taraflari haqida ma’lumotlar olindi. Universitetning ta’lim xizmatlarini qay darajada uddalayotgani va talabalar uchun qanday sharoitlar yaratib berayotganligiga baholar berildi, shu bilan bir qatorda o‘z tajribalaridan kelib chiqib maslahatlar berishdi. Ushbu SWOT tahlili talabalardan olingan so‘rovnoma natijalari va Termiz davlat univerditeti marketing bo‘limida olib borilayotgan amaliyot jarayonlari va internet havolalaridan olingan ma’lumotlar asnosida yaratildi.

  • Kuchli tomonlari - Termiz davlat universitetining kuchli tomonlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, albatta birinchi navbatda bugungi kunga Surxondaryo viloyati miqyosida faoliyat yuritayotgan boshqa oliy ta’lim muassalariga nisbatan reyting jihatdan ancha ilg’orligidir. Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi so‘ngi yillarda taqdim etayotgan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotdan oliy ta’lim muassasalarining reytinglari haqidagi ma’lumotlarda Termiz davlat universiteti Surxondaryodagi boshqa oliy ta’lim muassalariga nisbatan ancha oldingi o‘rinlarda. Hususan, 2021 – yilgi reytingda 62 ta universitetlar orasida Termiz davlat universiteti 35- o‘rinda joylashgan49. 2022- yilgi ko‘rsatkichlarda ham deyarli o‘zgarishlar yo‘q ammo Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalari umumiy reytingi haqidagi bayonnomada eng quyi ko‘rsatkichlarni Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan ikkita oliy ta’lim muassasalari o‘rin egalladi, bular Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti va Termiz muhandislik texnologiya institutlaridir. Shu bilan bir qatorda eslatib o‘tish joizki Termiz davlar universiteti quyi ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmadi50. Bu kabi reytinglar boshqacha qilib aytganda, e’lonlar albatta Surxondaryo hududida oliy ta’lim muassasasini izlayotganlar uchun e’tiborga loyiq ma’lumotdir. Talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga tayangan holda shuni keltirib o‘tish kerakki, talabalar universitetning ko‘p yillik tajribasini kuchli tomonlaridan biri deb hisoblashar ekan. Biz bilamizki Termiz davlat universiteti tarixiy universitetlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida oʻqituvchi kadrlarga boʻlgan talab va ehtiyojni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston SSR Minstrlar Soveti 1954-yil 24-fevralda Margʻilon oʻqituvchilar Institutini Qarshi va Termiz shaharlariga koʻchirish haqida qaror qabul qildi. 1954-yilda Margʻilon oʻqituvchilar Instituti negizida Termiz oʻqituvchilar instituti ta’sis etildi. Termiz oʻqituvchilar institutining ochilishi Surxon vohasi ta’lim tizimi va madaniy hayotida ulkan burilish yasadi. Mazkur maskan tashkil etilgan dastlabki oʻquv yili, ya’ni 1954-1955- oʻquv yilida 175 nafar yoshlar talabalikka qabul qilindi va quyidagi boʻlimlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi: Oʻzbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Fizika va matematika, Tabiatshunoslik va kimyo. 1956-1957-oʻquv yilida Termiz oʻqituvchilar institutini 187 nafar toʻliqsiz oliy ma’lumot olgan talabalar bitirib hayotga yoʻllanma olishdi. 1956-1957-oʻquv yilida Termiz oʻqituvchilar instituti Termiz davlat Pedagogika Institutiga aylantirildi va bu orqali Surxon vohasida ilk Oliy oʻquv yurtiga asos solindi51.Bugungi kunda ushbu oliy gohda jami 14 ta fakultetda 26395 ta talaba ta’lim olmoqda va shu bilan bir qatorda 747 ta professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda56. Bu viloyat miqyosida raqobatchi oliygohlarga nisbatan anchagina katta ko‘rsatkichdir.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin