Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


- jadval Termiz davlat universiteti fakultetlari va ularda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchi professorlar soni



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə13/32
tarix19.06.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#132829
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
m dissertatsiya

2.1- jadval
Termiz davlat universiteti fakultetlari va ularda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchi professorlar soni52


Fakultet nomi

Ta`lim yo`nalishlari soni

Mutahassislik soni

Kafedralar soni

O`qituvchilar soni

Fan doktorlari soni

Fan nomzodlari va PhD lar soni

Professorlar soni

Dotsentlar soni

Fizika-matematika fakulteti

2

4

4

61

6

11

3




Axborot texnologiyalari fakulteti

3




2

36

2

4







Iqtisodiyot va turizm fakulteti

6




3

98

8

26







Arxitektura va qurilish fakulteti

4

2

2

25

1

2







Ijtimoiy fanlar fakulteti

5






4

85

2

13







O‘zbek filologiyasi fakulteti

4




3

52

3

14




7

Tabiiy fanlar fakulteti







4

61




20

2




Tarix fakulteti

3




3

64

3

14







Kimyo fakulteti

6

3

3

46

9

8







Rus va qardosh tillar fakulteti

6




3

60




6

1




Xorijiy filologiya fakulteti

6




4

98




2




1

Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti

4




2

40




2

1

1

Milliy libos va san`at fakulteti

10




5

107




14

2

2

Yuridik fakultet

2







25

2

5






Jadvalda ko‘rsatilganidek Termiz davlat universitetida 14 ta fakultet mavjud bo‘lib, fakultetlarning barchasi darajali o‘qituvchilarga ega. Bu kabi ko‘rsatkichlarga boy o‘qituvchilar ro‘yhat bugungi kunda Surxondaryoda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa oliygohlarda mavjud emas.


Kuchsiz tomonlari – to‘xtalib o‘tilgandek ushbu tahlil talabalar orasida olingan so‘rovnoma asosida tadqim etildi. Talabalarning ancha qismi dars jarayonlari ko‘ngildagidek amalga oshirilmasligiga to‘xtalib o‘tishidi. Bugungi kunda Jahonning ilg’or oliy ta’lim muassasalarida dars jarayonlarida internetdang keng foydalanilayotgani, bundan tashqari dars jarayonlarida keltirilgan ma’lumotlar ayniqsa tarixiy ma’lumotlarni kengroq yetkazib berish jarayonlarida nafaqat darsliklar balki badiiy va hujjatli filmlardan ham foydalanishayotganiga haqida ma’lumotlar berildi. O‘qituvchilar auditoriya e’tiborini tortish uchun balki interaktiv usullardan foydalanib ko‘rishlari haqida qarashlar taqdim etildi. Shu bilan bir qatorda dars jarayonlari uchun ajratilgan vaqt haddan tashqari uzun deb hisoblandi. Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish muammo tug’dirmaydi. Ta’lim xizmatlari bozori nafaqat talaba va uning ota- onasi ko‘nglidan joy olishi balki, aslida bu xizmat bozorining asosiy ustunlaridan biri bo‘lmish professor o‘qituvchilar uchun ham kerakli shart sharoitlarni yaratish ham ulkam mas’uliyatdir. Oliy ta’lim muassasalrining kuchsiz tomonlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, albbat imtihon jarayonlaridagi kamchiliklarga to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Ushbu kamchilik nafaqat Termiz davlat universiteti balki, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan deyarli barcha davlat ta’lim muassalarida ham duch kelinadigan holatdir. Bu kuchsizlik, joriy nazorat, oraliq nazorat va semesterlarni yakunlash maqsadida talabalardan olinadigan yakuniy nazorat imtihonlarining yetarlicha, ya’ni oliy ta’lim muassasasiga mos ravishda tartibga solinmaganidir. Bu borada har ikki tomon uchun, ya’ni talaba uchun ham ularga dars beruvchi o‘qituvchilar uchun ham shart sharoit yaratgan holda ushbu imtihon jarayonlarini tubdan nazoratga olish va tartibga solish nazarda tutiladi. Shu o‘rinda yana bir oliy ta’lim muassasalrida kattatartibsizliklarga sabab bo‘layotgan holatlarga to‘xtalibo‘tish joiz, bu talabalarning boshqa davlatlardan tartibsiz ravishda o‘qishlarini O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishdir. Ushbu jarayonlarda o‘qishlarinini ko‘chirishga talabgor talabalarning bilim darajalarini tubdan o‘rganish tavsiya etiladi.
Yana bir ulkan muammolardan biri bu - o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ko‘ngildagidek muloqot o‘rnatilmagani degan hulosaga kelindi oliy borilgan so‘rovnomalar natijasida. Ammo buning asosiy sababi nimaligiga to‘xtalishni istashmadi. O‘rtadagi muloqotning mustahkam emasligi har ikki taraf uchun psihologik yaxshi natija bermaydi.
Imkoniyatlar – Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati ta’lim xizmatlari uchun alohida e’tibor va imkoniyatlar yaratmoqda. Bulardan eng e’tiborga moliyligi so‘ngi yillarda xotin-qizlar ta’limiga berilayotgan e’tibordir. Misol tariqasida 2022-2023 o‘quv yili uchun taqdim etilgan imkoniyatlarni keltirib o‘tsak bo‘ladi.Xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit beriladi. Davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratildi53. Bu kabi imkoniyatlar xotin-qizlarning ta’lim olishiga katta imkoniyatlar yaratib bera oldi. Kam ta’minlangan oila farzandlari, oilali ayollar kelajakka kuchli ishonch bilan oliy ta’limga o‘z harakatlarini boshlashdi. Oliy ma’lumotli ammo hozirgi kunda oilali, farzand tarbiyasi bilan band onalarimiz, oila byudjeti yetarlicha javob bermaydigan ayollarimiz oliy ta’limdan keying ta’lim jarayoniga ham erkin qadam tashlab boshlashdi. Bu kabi keng imkoniyatlar dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ham kuzatilmagan, xotin-qizlar ta’limiga kuchli e’tibor berilishi, yangi imkoniyatlar yaratilishi ayniqsa moliyaviy tomonlama ko‘mak jamiyatning negizi bo‘lmish oilalarga hotirjamlik va kelajakka ishonch beradi. So‘ngi yillarda ayniqsa pandemiya sharoitidan so‘ng dunyo miqyosida shu jumladan O‘zbekistonda ham masofaviy xizmat ko‘rsatish, ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohalari keng rivoj topdi. Masofaviy ta’limning rivojlanishi ham oliy ta’lim uchun ham, ham oliy ta’limga ehtiyoj sezuvchi aholi qatlami uchun yangi shart-sharoit va imkoniyat yaratib bera oldi. Pandemiya holati yengillashib, aholi jamoat tarkibiga qayta boshlagan bo‘lsada masofaviy xizmatlar rivojlanishda davom etib kelmoqda. Bunda aholiga har tomonlama qulaylik va yangi imkoniyatlar yaratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 3.10.2022 da 559-sonli “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora tadbirlari to‘g’risida“ farmonni e’lon qildi. Farmonning birinchi qarorida quyidagicha keltirilgan:
“Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’I nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish;

  • masofaviy ta’lim shakli joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilash;

  • masofaviy ta’limni maxsus platforma yordamida yoki mavjud platformalardan foydalangan holda tashkil etish;

  • masofaviy ta’limda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini 1:50 nisbatda belgilash;

  • masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘quv jarayonini davlat ta’lim standarti, kasbiy standartlar va malaka talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari hamda o‘quv dasturlari asosida amalga oshirish;

  • masofaviy ta’limga talabalarni qabul qilish va o‘quv jarayonini tashkil qilish tartibini belgilash, shuningdek, masofaviy ta’lim sifati monitoringini tashkil etish”54.

Hukumat tomonidan taqdim etilgan bu kabi qarorlarning kuchga kirishi O‘zbekiston ta’lim bozorini bir qadam oldinga surdi, ya’ni endilikda talabalar yashash hududidan qat’iy nazar yuqori reytingli oliy ta’lim muassalarida ,oliy toifali, professor o‘qituvchilardan ta’lim olish imkoniyatidan foydalanish mumkin. Shu bilan bir qatorda professor o‘qituvchilar yo‘lga vaqt sarflamagan holda, uzoq hududlardagi talabalarga dars berishlari mumkin. Bu kabi imkoniyatlar oliy ta’lim muassasalarini o‘zaro hamkorlikda ishlashga chorlaydi.
Tahdidlar – tabiiy holki har qanday erkin bozorda har qanday ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchilar uchun albatta tabiiy va sun’iy tahdidlar paydo bo‘ladi. Bularning aksariyat qismi erkin va sog’lom raqobat tufayli paydo bo‘lishi mumkin albatta. Shu jumladan Surxondaryoda o‘z faoliyatini yurituvchi oliy ta’lim tashkilotlari ham har tomonlama taqdim etilayotgan erkinliklar bilan bir qatorda tahdidlarni ham qabul qilib olmoqda. Yoki endilikda ularga yuzma yuz kelishni boshlashadi. Misol tariqasida viloyatda yangi oliygohlarning tashkil etilishi keltirishimiz mumkin.
Termiz davlat universiteti 2017-yilga qadar surxondaryo viloyatidagi yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanib kelgan, tabiiyki bu o‘z o‘zidan shu hududda istiqomat qiluvchi va oliy ta’limga ehtiyoji bor abiturientlar uchun Termiz davlat universitetidan boshqa tanlovning mavjud emasligi ushbu ta’lim dargohiga Surxondaryo oliy ta’lim xizmatlari bozorida yagona hukmronlik qilishiga yo‘l ochib bergan. Ammo, 2017-yildan boshlab davlat siyosatidagi o‘zgarishlar ushbu hudda yana bir nechta yangi oliygohlar birin ketin tashkil topa boshlashiga imkon yaratdi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin