VI.Uyga vazifa: Matn tuzish.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________ Mavzu: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar
Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Darsturi: yangi bilim beruvchi
Darsmetodi: savol-javob, kim chaqqon? o’yini, aqliy hujum
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi
№
Dars etaplari
Ajratilganvaqt
1
Tashkiliy qism
2
2
Takrorlash
10
3
Yangi mavzu bayoni
8
4
Yangi mavzuni mustahkamlash
22
5
O`quvchilarni baholash
2
6
Uyga vazifa
1
Darsning borishi: I.Tashkiliyqism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uygavazifa. 3) navbatchihisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash „Aqliy hujum“ metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi. 1. Ega qaysi bo'lak bilan bog'lanadi?
2. Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
3. Ega bilan kesim o'rtasida qanday holatda tire qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq. Nima qildi? so'rog'iga javob bo'luvchi so'z keltiring. 2-topshiriq. Yuqorida keltirgan so'zingizni kim?, qachon?, qayerda qanday qilib? so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlar bilan kengaytiring. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo'lgan gap yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Kuz. Qara. Men keldim.
Kesimning boshqa bo'laklar bilan kengayishidan hosil bo'lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko'rdim.
133-mashq.Matnni o'qing. Yig'iq va yoyiq gaplarni topib, ularni izohlang. - Men sizga hamma bilgan ertaklarimni aytib beraman. Har kuni bittadan. Siz menga qishlog'ingizni tomosha qildirasiz, dalalarga olib chiqasiz. Bo'ptimi?
-Bo`pti, olib chiqaman! - dedim sevinib.
-Lekin bitta shart bilan. O'zingiz ham kitob o'qiysiz. Shundoq qilmasak bo'lmaydi. Men juda qattiq qo`lman, tekshirib turaman, maylimi?
- Mayli, o'qiyman! - Yashang!