Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə49/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#185731
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respubli-fayllar.org

Kim?


Qayerda?


Nima qiladi?








Kim?


Qayerdan?


Nima qildi?








Kim?


Qachon?


Keldi?








Kim?


Nima sababdan?


Nima qildi?








139-mashq. Gaplardagi tushirib qoldirilgan hollarni so'roq asosida toping va ularni izohlang.


Qayerda?

Baland va hashamatli binolar ko’p.






Qayerda?

Tuyaqush....yashaydi.






Qachon?

Yangi yilni kutib olamiz.






Qayerdan?

O’rtog’im kecha ... keldi.






Qayerga?

Biz ... sayohatga chiqmoqchimiz.






IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1. Hol deganda nimani tushunasiz?
2.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.
3. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa:
140-mashq. O`zingiz sevgan o`zbek allomalaridan birining hayoti va faoliyati haqida gaplar yozing. Unda holdan foydalaning.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf

Sana:__________________________
Mavzu: To`ldiruvchi
Dars shiori: Alp o’g’lonlar o’lkasi bu ko’hna Turon,
Qalqonlari,qanotlari,ilm istang.
Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,
Alisherning avlodlari,ilm istang!
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o’quvchilarga to`ldiruvchi haqida tushuncha berish. Bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarning ona-Vatanga bo’lgan muhabbatini o’stirish, kompyuter texnologiyasidan foydalanishga o’rgatish, tabiatga bo’lgan muhabbatini oshirish, ko’rgazmalar orqali o’quvchilarni mehnatsevarlikka chorlash – bolani har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning onggi va tafakkuri rivojlantirish, o’qishga da’vat etish, hozirjavoblik, topqirlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirishga erishish, boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishini oshirish.
Dars tipi: yangi bilim beruvchi
Dars turi: noan’anaviy.
Dars metodi: Guruhingni aniqla”, ”Majnuntolning ikki shoxi”, amaliy, bahs-munozara, ”Alplar bellashuvi”, ”Tegishlisini top”, ”Sehrli sandiqcha”, ”Sahna ko’rinishi”, ”Bog’liqli matn”, ”Ifodali o’qish” daqiqasi, ”Sehrli kitob” nominatsiyasi.
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r, kompyuter, proyektor, slaydlar, ko’rgazmalar, rasmlar
Darsning blok sxemasi




Dars etaplari


Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

4 daqiqa


2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

7 daqiqa


3

Yangi mavzu bayoni

12 daqiqa


4

Yangi mavzuni mustahkamlash:
1-topshiriq. “Majnuntolning ikki shohi”
141-mashq. “Alplar bellashuvi”
142-mashq. “Sahna ko’rinishi”
143-mashq. “Bog’liqli matn”
“Sehrli sandiqcha”

18 daqiqa:


3 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa

5

O`quvchilarni baholash

3 daqiqa


6

Uyga vazifa

1 daqiqa




Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti tinglanadi.
O’qituvchi:
Ona tilim muqaddas tilim Ona tilim muqaddas tilim
Momolardan qolgan merossan Onam allalari quloqlarimda
Senda so’zlab yayraydi dilim Senga so’zlab yayraydi dilim
Jarangdorsan O’zbekka xossan Jarangdorsan ardoqlarimda.
Hurmatli o’quvchilar , hozir darsimiz ona tili. Darsni boshlashdan oldin atrofimizg nazar tashlaylik.
Hozir o’lkamizda qaysi fasl?
Kuz faslida yurtimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?
Ushbu faslda yurtimizda qanday tarixiy sanalar nishonlanadi?
Kuz fasli haqida, ona tilimiz haqida qanday she’rlar bilasiz?
Rahmat o’quvchilar. Endi darsimizga qaytamiz. Hozir biz siz bilan gap bo’laklarini o’rganyapmiz. Shuning uchun shartli ravishda guruhlarni gap bo’laklari nomi bilan belgilaymiz. Bunda men sizlarga savollar beraman. Shu savollar orqali sizlar guruhingiz nomini bilib olasiz.


Darsimizni 5 ta guruh ishtirokida olib boramiz. Bunda biz ”Guruhingni aniqla” metodidan foydalanamiz:



  1. savol: Gapning markazini tashkil etadigan bo‘lak?


  2. savol: Qaysi gap bo’lagi kim? nima? qayer? so’rog’iga javob boladi?


  3. savol: Ko’chada odam ko’p? Ko’chada so’zi qanday vazifada kelgan?


  4. savol: Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan tobe bog’langan bo’lak?


  5. savol: Qanday?qanaqa? qaysi?so’roqlariga javob bo’luvchi gap bo’lagi?


Berilgan savollarga javoblar tinglanadi va shu asosida guruhlar nomi aniqlanadi:

  1. Kesim” guruhi;


  2. Ega” guruhi;


  3. Hol” guruhi;


  4. To’ldiruvchi” guruhi;


  5. Aniqlovchi” guruhi.




O’qituvchi har bir guruhni va guruh a’zolarini baholab boradi:
5” baho
4” baho
3” baho
Guruhlar a’zolariga har bir javoblari uchun yuqoridagi kartochkalardan taqdim etiladi, dars oxirida guruhlarning kartochkalari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Shu orqali har bir o’quvchi ham baholanadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin