PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING TARBIYACHI FAOLIYATIDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI
yo’naltirilganfaoliyati
Guruh rahbari noxoyatda ma‟sulyatli va murakkab vazifani bajaradi. U guruhdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, talabalarning murabbiysi, guruhni tashkil etadi xamda kamolot tashkilotchilari, o‟qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.
So‟nggi yillarda guruh rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‟tkazishda o‟quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora oshirildi.
Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o‟quv yurtining guruh rahbariga xozirgi vaqtda mamlakatda uzluksiz ta‟limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko‟rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar sifatida o‟quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar ko‟yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir guruh rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida guruh birlashib o‟quv yurtini tashkil etadilar. Aloxida guruh jamoalari ko‟lga kiritgan ta‟lim va tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o‟quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta‟minlaydi. SHu nuqtai nazardan guruh rahbarining ma‟suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma‟suliyatidan kam emas. SHuning uchun o‟quv yurti direktorlari guruh rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, maxoratli, yosh avlodni sevadigan o‟qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Guruh rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu talabaning o‟qishga bo‟lgan havasi, e‟tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo‟lgan layoqatini, yosh va ruxiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‟quvchining bo‟lg‟usi xayoti rejalarini amalga oshirish, talabalarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning guruh jamoasi orasida obro‟sini ko‟tarish, o‟z vaqtida ularga tegishli yordam ko‟rsatish guruh rahbarining bevosita asosiy vazifasidir.
SHuningdek,guruh rahbariningtashkilotchilikfunksiyasitarbiya
jarayonidamuhimvositasanaladi.CHunki,tashkilotchilik tushunchasining o‟zi keng ma‟noga ega. Maxsus bir maqsadni ko‟zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarnitashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi.
Tashkilotchilik funktsiyasi bir necha elementlarga bog‟liqdir:
A. O‟tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Guruhda o‟tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xaakterga ega bo‟lib, ma‟lum maqsadni ko‟zlab o‟tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiy ishlarni o‟tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Guruh rahbari oldiga qo‟yilgan maqsadga yetishish uchun o‟z oldiga aniq vazifa qo‟ya bilish lozim.
E. Guruh rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o‟qituvchi va talabalarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma‟lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o‟tazish o‟rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma‟lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‟g‟ri taqsimlash, ishga boshqa o‟qituvchilarni, ota-onalar, talabalar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Guruhrahbariningasosiyfaoliyatiesaquyidagilarni bilishni talabetadi. 1. har bir talabani shaxs sifatida o‟rganish.
2. Talabalarning guruhda tarbiyalashni tashkil etish.
3. Talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash.
4. Guruhda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‟tkazish.
5. Fan o‟qituvchilarning tarbiyaviy ishlarni ( koordinatsiyalash) irlashtirish.
6. Talabalarning oa-onalari bilan ishlash.
7. Guruh rahbari fan o‟qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‟p qirrali
muhim vazifalarini bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar qo‟ygan, bu talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko‟tarishda muhim rol o‟ynaydi.