Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org
Metamorfik tog‘ jinslari. Metamorfik tog‘ jinslaridan qurilishda ko‘p
ishlatiladigani gneyslar, gilli slanetslar, marmarlar va kvarsitlardir.
Gneyslar slanetssimon (qatlamli) tuzilishga ega bo‘lib, granitlarning
metamorfizmga uchrashidan hosil bo‘lgan. Gneyslar tarkibiga kvars, biotit,
rogovaya obmanka, dala shpatlari kabi minerallar kiradi. Ular granit kabi yuqori
mustahkamlikka ega, lekin muzlaganda qatlamlanib buziladi.
Gneyslar poydevorlar, yo‘l qoplamalari barpo etishda ishlatiladi.
Kristalli slanetslar mayda donali tuzilishga ega bo‘lib, kvars, biotit va
muskavit minerallaridan iborat bo‘ladi. Slanetslarning gilli, kremniyli, slyudali va
boshqa turlari mavjud bo‘lib, tombop plitalar tayyorlashda ishlatiladi. Slanets 2-8
mm qalinlikda osongina qatlamlanishi mumkin. Uning zichligi 2,7-2,8 g sm
3
,
g‘ovakligi 0,3-3%, siqilishdagi mustahkamligi 50-240 MPa bo‘ladi. Slanetsdan
pol, zinapoya qoplamalari qismlari tayyorlash mumkin.
Kvarsitlar qumtoshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mayda
donali tog‘ jinslaridir. Kvarsit 95-99% kvarsdan (SiO
2
) iborat bo‘lib, siqilishdagi
mustahkamligi 100-455 MPa, olovga bardoshliligi 1710-1770
0
S.
Qurilishda kvarsitlar devor toshlari, bruschatka, yo‘l va ko‘prik
qoplamalarida, kislotaga chidamli material sifatida ishlatiladi.
Marmar-mayda, o‘rtacha va yirik donador zich tog‘ jinsi bo‘lib, ohaktosh
va dolomitlarni yuqori bosim va harorat ta’sirida metamorfizmga uchrashidan hosil
bo‘lgan. Sof marmar oq rangda, minerallar aralashsa yashil, qizil, kulrang, qora va
qoramtir bo‘lishi mumkin. Aralashgan minerallarning bir tekis tarqalmaganligi
marmar teksturasi turli gulli bo‘lishiga sababchidir.
Marmar zichligi 2,8 g sm
3
, suv shimuvchanligi 0,7 % gacha, siqilishdagi
mustahkamligi esa 100-300 MPa, qattiqligi 3-4. Marmar oson qayta ishlanadi,
jilolanadi. Marmar qurilishda ichki va tashqi devorlarni bezashda, zinapoya, deraza
tokchalari, chiqindilari esa koshinkor beton buyumlar, murakkab bezak
qorishmalari tayyorlashda ishlatiladi. Marmar bino va inshootlarni tashqi bezagi
uchun ishlatilganda vaqt mobaynida havodagi namlik va turli gazlar ta’sirida
jilosini yo‘qotib boradi.
Marmar O‘zbekistonning Nurota, Qurama, CHotqol tog‘ tizmalarida
ko‘plab uchraydi. SHulardan eng mashxuri Nurota marmar konlari tizimidir.
Toshkent shaxridagi Navoiy nomli teatr, Xalqlar do‘stligi saroyi binolari maxalliy