Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə32/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Nazorat savollari 
1.
Keramik materiallar xom ashyosi tarkibini qaysi asosiy minerallar
tashkil etadi?
2.
Keramik buyumlar tayyorlashda plastik, yarim quruq usullarni
tushuntirib bering.
3.
Oddiy va effektiv g‘isht turlarini izoxlab bering.
4.
CHinni, yarim chinni va fayans buyumlar tarkibi va xossalarini aytib
bering.
5.
Keramik qoplama plitkalar tarkibi va asosiy xossalarini aytib bering.



6.
Qanday keramik g‘ovak to‘ldirgichlarni bilasiz?







KERAMIK MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

1. Keramik materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi 
Keramik buyumlar xossalari shakli, xom ashyo turi va texnologiyasidan
qat’iy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat:
xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini tayyorlash, buyumni qoliplash,
ularni quritish va pishirish.
Gilni xom ashyo kareridan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib
olinadi va temir yo‘l, avtomobil yoki boshqa transportda keramik buyumlar
zavodiga tashiladi. Xom ashyoni qazib olishda karer gil zaxirasi, qalinligi,
joylashish xarakteri aniqlanadi va 1-2 yil avval yuzasi o‘simliklar, keraksiz
jinslardan tozalanadi.
Xom ashyo massasini tayyorlash. Tabiiy holdagi qazib olingan gil keramik
buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum tayyorlash uchun
gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqazib tashlash,
yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va qo‘shimchalar qo‘shish, barcha
komponentlarni quyma massa hosil bo‘lguncha maxsus mashinalarda (gilni
ezg‘ilovchi tegirmon, parrakli aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi. Xom ashyo
massasi buyum turi, xom ashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq, bikr,
quruq, va ho‘l (shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda xom ashyo
komponentlari tabiiy namlikda yoki quritilgan bo‘lsa, 18-28% namlikkacha suv
aralashtirib tayyorlanadi. Plastik usulda olingan xom ashyo massasidan g‘isht,
keramik tosh, cherepitsa, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli
bo‘lib, xom ashyo massasi namligi 13-18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik
presslar vositasida 10-20 MPa bosimda qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga
energiya sarfi kamayadi, yuqori mustahkamlikdagi xom qoliplangan buyum
tayyorlanadi.
YArim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi,
maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 812%
namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa bosimda presslab tayyorlanadi.
Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, buyum aniq o‘lchamlarda
va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 30% tejaladi.






Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin