Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə33/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

5.1-rasm. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi 1-gil kareri; 2-
ekskavator; 3-gil zaxirasi; 4-vagonetka; 5-yashikli uzatgich; 6qo‘shimchalar; 7-
begunlar; 8-valetslar; 9-lentali press; 10-keskich; 11taxlovchi moslama; 12-telejka;
13-quritish xonalari; 14-tunnel pechi; 15-o‘zi yurar telejka; 16-omborxona.
Gidravlik yoki mexanik press qolipda bir va bir necha buyum presslab
olinishi mumkin. Bu usulda plastik usulda olinadigan hamma buyumlar
tayyorlanishi mumkin.
Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib,
presskukun 2-6% namlikda bo‘ladi. Bunda xom ashyo massasidan tayyorlangan
buyumni quritishga zarurat bo‘lmaydi. Bu usulda zich keramik buyumlar-plitkalar,
yo‘lka g‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar tayyorlanadi.
SHliker usuli xom ashyo massasi ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis
tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi buyumlarni
qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda ishlatiladi.
Bunda xom ashyo massasi namligi 40% gacha bo‘ladi. Bu usulda qoplama
plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari tayyorlanadi.
Buyumlarni quritish. Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha
quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o‘zgarishi
mumkin. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin.
Buyumlarni tabiiy usulda 10-15 kun davomida bostirmalarda quritiladi va
quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buyumlar
sun’iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish
kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari tutun gazlari,



maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (harorat 120-150


0
S) bilan isitiladi.
Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi.
5.2-rasm. Lentali vakuumli press
1-shnekli val; 2-presslovchi golovka; 3-munshtuk; 4-gilli brus; 5-parrak; 6vakuum-
kamera; 7-reshetka; 8-gilni ezg‘ilovchi moslama.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin