3.2 Tabiiy tosh materiallariga ishlov berish Tabiiy tosh materiallari va buyumlari tog‘ jinslarini turli mexanikaviy
usullar bilan qayta ishlash natijasida olinadi. Bu usullarga maydalash, yorish,
arralash kabilar kiradi. Xususiy xollarda esa tog‘ jinslari portlatish usulida qazib
olinishi mumkin.
Ishlov berish usullariga ko‘ra tabiiy tosh materiallari quyidagi turlariga
bo‘linadi: Qo‘pol ishlov berilgan (xarsangtosh, chaqiq tosh, shag‘al va qum);
buyum va profilli qismlar; to‘g‘ri shakldagi tosh va bloklar; yuzasiga ishlov
berilgan plitalar (devor va pollarni bezashda); yo‘l qurilishi buyumlari (bordyur
toshlari, bruschatka) va h.k.
Tabiiy toshlarga zavodda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan
tizimlarda ishlov beriladi.
Tosh yuzasi pnevmatik asbob yordamida tirnalib (urib) yoki abraziv usulda
silliqlanib ishlanishi mumkin; tosh yuzasi to‘lqinsimon (qabariq-chuqur),
riflangan, egatsimon, g‘adir-budir (nuqtasimon) ko‘rinishda qayta ishlanishi
mumkin. Toshga abraziv ishlov berish qirqish, frezerlash, shliflash va
polirovkalash (jilolash) jarayonlarini o‘z ichiga oladi (3.4rasm).
3.4-rasm. Toshlarning fakturali ko‘rinishi
a- to‘lqinsimon (qabariq-chuqur); b- riflangan; v- egatsimon; g) g‘adirbudir
(nuqtasimon).
3.7 Toshlarga qayta ishlov berish Qazib olingan toshning yuzi notekis g’adir –budir bo’lib, ularga qayta
ishlov berish orqali aniq va tekis shakl beriladi. Toshlarga ishlov berish qazib
olinishdan so’ng va quritishdan oldin bajariladi. Bu transportatsiyada kamroq
og’irlik tushushini ta’minlaydi. Toshlarga ishlov berish orqali chiroyli ko’rinishga,
ularni qorishmalar bilan terishda qulaylik yaratish uchun kerakli shakl, arkalar,
ustunlar va karnizlar uchun uchun maxsus shakllar olinadi. 3.5-rasmda ishlov
berilgan toshlarning turli xillari ko’rsatilgan.
(a)
Mayda chiziq o’yilgan (d)cho’qilgan (g) taroshlangan
(b)
perforatorlangan (e) Mexanik ishlov berilgan (h) to’lqinli
(c)
qoya tosh suratli (f) yuzasi tilingan (i) to’rsimon