1) Portlatish kechqurun va ertalabki soatlarda amalga oshirilmasligi kerak.
Portlatish soatlari ma’lum bir ogohlantiruvhi signallar orqali ishlovchilarga va
yaqin atrofda turuvhi aholiga bildirib quyilishi kerak.
2) Xavfli zona hududi taxminan 200 m radius hajmda bo’lib m’lum belgilar
bilan belgilanishi kerak.
3) Birinchi yordam berishga barcha sharoitlar qilingn bo’lishi
kerak.Portlatishlar soni yozib borilishi kerak.
4) Portlovchi moddalar omborlarda ehtiyotkorlik bilan saqlanishi kerak.
5) Detonator va portlovchi moddalar bir joyda saqlanmasligi kerak.
6) Katridjlar qo’lda rezina yoki politelin qo’lqoplar bilan tashilishi kerak.
7) Eng ko’pi bilan 10 ta o’ra bir vaqtda portlatilishi kerak, undan ortig’i
xavfli bo’lishi kerak
5
.
Ohaktosh va dolomit zaxiralari hamma qit’alarda uchraydi, qazib chiqarish
va qayta ishlash oson. SHu tufayli ular qurilishda poydevor va devorlarda,
binolarni bezashda, beton uchun to‘ldiruvchi
sifatida, ohak va sement
bog‘lovchilari olishda ishlatiladi. Dolomit bog‘lovchi va olovbardosh materiallar,
sement, shisha, keramika va metallurgiya sanoatida ishlatiladi.
Sulfatli jinslarga gips va angidrit kiradi. Gips angidritga nisbatan yumshoq
bo‘ladi. Angidrit oq, yashilsimon, och kulrang va kulranghavorang ranglarda
bo‘ladi. Gips va angidrit tosh xolatida qurilishda bog‘lovchilar olishda ishlatiladi.
Gips konlari Markaziy Osiyo tog‘larida ko‘plab
uchraydi va tozaligi bilan
farqlanadi.
Magnezit asosan magnezit minerallaridan iborat bo‘lib, olovga bardoshli
materiallar, bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Magnezit bog‘lovchi
yog‘och chiqindilari asosida kompozitsion materiallar olishda qadrlanadi.
Allit jinslariga glinozyomlar-boksitlar va lateritlar kiradi. Boksit-alyuminiy
gidroksidi qizil, qo‘ng‘ir, jigarrang, yashil-kulrang ranglarda bo‘lib, olovbardosh,
qum qayroq, alyuminiy ishlab chiqarishda xomashyodir. Laterit kaolinit va temir
gidrookisdan iborat. Qizil, qo‘ng‘ir va sariq ranglarda bo‘ladi. U agressiv
muxitlarda ishlatilishi mumkin.
Orgonogen cho‘kindi
jinslarga ohaktosh, bo‘r, trepel, opoka, diatomit
kabilar kiradi. Orgonogen ohaktosh dengiz umurtqasiz hayvonlari, ohakli suv
o‘tlari va ohaktoshning aralashishidan paydo bo‘lgan. Orgonogen ohaktoshning bir
turi bo‘r hisoblanadi. Bo‘r oq rangli, yumshoq jins bo‘lib, bo‘yoq, zamazka uchun
pigment, ohak va sement kabi bog‘lovchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
CHig‘anoqli ohaktosh zichligi 0,8-1,8 g sm
3
, engil arralanuvchan,
teksturasi chiroyli jins bo‘lgani
uchun qurilishda ichki, tashqi devor va pollarni
5
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 57,58.
qoplashda ishlatiladi. Uning chiqindilari beton uchun to‘ldiruvchi sifatida
foydalaniladi.
Diatomit, trepel va opokalar asosan diatomitli suv o‘tlari qobiqlari, toshga
aylangan mikroorganizmlardan, amorf kremnezemdan iborat uvalanadigan tog‘
jinslaridir. Ular issiqlik izolyasiyasi materiallari olishda,
sement uchun mineral
aktiv qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: