Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


- MAVZU.  SHisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə45/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

4- MAVZU. 
SHisha, shisha buyumlar va sitallarning asosiy xossalari. 

Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
SHisha ishlab chiqarish
3.
SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari
4.
SHishaning turlari
5.
SHisha buyumlar va konstruksiyalar
6.
SHlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar
7.
Sitallar va ular asosidagi buyumlar
1. 
Umumiy ma’lumotlar 
SHisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya
va Rimda eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va
Markaziy Osiyo mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan
kirib kelgan. O‘zbekistonda mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab
chiqaruvchi zavodlar, sexlar ko‘paymoqda. SHular jumlasiga 1996 yilda qurib
ishga tushirilgan CHirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish mumkin. Bundan
tashqari bir tomonlama nur o‘tkazuvchi, shishapaket, rangli va avtomobilsozlik
uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
SHisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bo‘linadi:
kimyoviy tarkibga ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.);
kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.); ishlatilish sohasiga ko‘ra; qurilish,
me’morchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar.
2. 
SHisha ishlab chiqarish
SHisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi ohaktosh,
soda va natriy sulfati ishlatiladi. SHisha qorishmasini pishirish haroratini
pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan
iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda eruvchan shisha bo‘ladi
(Na
2
Si0
3
). Qorishma tarkibiga ohaktosh yoki dolomitni kiritish shishani suvda
erimasligini ta’minlaydi.
Silikatli shisha 1500
0
S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida
olinadi. Massa harorati 800-900
0
S etganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni
boshlanadi. Harorat 1150-1200
0
S bo‘lganda massa shaffoflashadi, lekin tarkibida
ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. SHisha massasidagi havo aralashmalari 1500
0
S
chiqib ketadi va shisha qiyomiga etadi. Massani qoliplash harorati 200-300
0
S
atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. SiO
2
, Al
2
O
3
, ZrO
2
oksidlari
massani quyuqlashtirsa, Na
2
O, CaO, Li
2
O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi.



SHisha massasini erigan xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf


holatidan kristall holatga qayta o‘tishga olib keladi.
Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa bo‘yicha:
SiO
2
-64-73; Al
2
O
3
-0,5-7,2; K
2
O-0-5; Na
2
O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-
4; Fe
2
O
3
-0-0,4; SO
3
-0-0,5; V
2
O
3
-0-5.
SHisha massasiga kaolin, dala shpati (Al
2
O
3
) kiritilishi uning mexanik
mustahkamligini, termik va kimyoviy chidamligini oshiradi. SHisha xom ashyosi
tarkibiga B
2
O
3
qo‘shilsa, uning shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi.
Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli kengayish koeffitsientini kamaytiradi
va termik chidamligini oshiradi.
Qo‘rg‘oshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
SHisha olish “qayiq” usulida bo‘lib, cheksiz shisha lentasini tortish
demakdir. SHisha qalinligi tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko‘zgu
oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin