Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə53/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Nazorat savollari 
1.
SHisha xom ashyosi nimalardan tashkil topgan?
2.
SHisha qanday olinadi?
3.
SHishaning asosiy xossalarini aytib bering?
4.
Qanday shisha turlarini bilasiz?
5.
Quyma shlak tosh buyumlari turlarini aytib bering.
6.
Sitallning tuzilishi va xossalarini aytib bering.

5-MAVZU
MINERAL BOG‘LOVCHI MODDALARNING ASOSIY XOSSALARI
QURILISH OHAGI HAVOIY BOG’LOVCHILAR QURILISH VA YUQORI
MUSTAHKAMLILIKGA EGA GIPSLAR




Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Havoyi bog‘lovchilar
1. Umumiy ma’lumotlar 
Mineral (noorganik) bog‘lovchilar kukunsimon bo‘lib, suv bilan
aralashtirilganda plastik qorishma hosil bo‘ladi va fizik-kimyoviy jarayonlar
natijasida sun’iy toshsimon materialga aylanadi.
Mineral bog‘lovchilar strukturasi va qotish mexanizmiga ko‘ra havoyi va
gidravlik bog‘lovchi turlariga bo‘linadi. Havoyi bog‘lovchilar qotish jarayoni,
mustahkamligining o‘sishi faqat havoda yuz beradi. Havoyi bog‘lovchilarga
havoyi ohak, gips, magnezial bog‘lovchilar, suyuq shisha va boshqalar kiradi.
Gidravlik bog‘lovchilar qotish jarayoni boshlanishi havoda yuz berib, suv
yoki o‘ta nam sharoitda davom etadi va mustahkamligi ortadi. Gidravlik
bog‘lovchilar jumlasiga gidravlik ohak, romansement, portlandsement va uning
turlari, giltuproqli sement, putssolanli va shlakli portlansementlar, kirishmaydigan
va kengayuvchan sement va boshqalar kiradi.
Mineral bog‘lovchilar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga aktiv mineral
qo‘shimchalar-trepel, opoka, diatomit, pemza, gliej, vulqon tufi va kuli hamda
toshko‘mir kuli, shlaklar va boshqalar qo‘shilishi mumkin.
Mineral bog‘lovchilar asosida g‘isht, tosh terish va suvoqchilik
qorishmalari, beton va temirbeton buyum va konstruksiyalar, armotsement
konstruksiyalar, avtoklav buyumlar, elimlovchi va bo‘yoq kompozitsiyalar va
boshqa mahsulotlar tayyorlash mumkin.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin