Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə49/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Bezash oynasi. Bezash oynasi me’morchilik, dekoratsiya ishlarini
bajarishda ishlatiladi. Bezash oynasi rangli, yorqin, yaltiroq, atmosfera muhitiga
chidamli va mustahkam bo‘lishi kerak.
Bezash panellari oynasi (stemalit) toblangan polirovkalangan qalin oyna (6
mm) ichki yuzasiga rangli keramik bo‘yoqlar qoplamasi surtilib olinadi. Stemalit
jamoat binolari-mehmonxonalar, vazirliklar, ekspomarkazlar va sh.k. larni
bezashda ishlatiladi.
Marbilit qalin (12 mm) rangli oyna bo‘lib, bir tomoni polirovkalangan va
ikkinchi tomoni esa g‘adir-budurlangan bo‘ladi. Marbilit binolarni ichki va tashqi
tomondan bezashda, deraza osti taxtalari, sotuv vitrinalari, ish stollari tayyorlashda
ishlatiladi.
Emallangan shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda, qalinligi 3-
5 mm qilib chiqindi oynadan shisha emali qoplab tayyorlanadi. Emallangan oyna
quritilgach xumdonda kuydiriladi. Mahsulot binolarni ichki bezagi uchun
ishlatiladi.
SHisha mozaika gilam mozaika va smalt turlariga bo‘linadi. Gilam
mozaika 20x20 mm yoki 25x25 mm o‘lchamdagi so‘niq rangli plitkalardir. Smalt
rangli shisha bo‘laklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil qilishda ishlatiladi. Gilam
mozaika va smalt qurilish-me’morchilikda pannolar, suratlar barpo etishda
qo‘llaniladi.
Ko‘zgu oynasi polirovkalangan 4-10 mm qalinlikdagi oynaning bir
tomoniga yupqa alyuminiy yoki kumush qoplanib tayyorlanadi. Ko‘zgu oyna
binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi.
5. SHisha buyumlar va konstruksiyalar 
Kovakli shisha bloklar payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat bo‘lib, nurni
taratuvchi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi xususiyatlarga egadir. SHisha blok
ichki tomonidagi chiziqli bo‘rtmalar nurni taratishga yordam beradi. Ularning nur
o‘tkazuvchanligi 65% kam emas, nurni taratishi 25%, issiq o‘tkazuvchanligi 0,4
Vt m
0
S atrofida bo‘ladi. SHisha bloklar rangli va ko‘p bo‘lmali bo‘lishi mumkin.
Ular santexkabinalarda, maishiy xizmat, ovqatlanish muassalarida, zinapoya
bo‘lmalarida ishlatilishi mumkin. SHisha bloklar temirbeton karkas ichiga maxsus
qorishma bilan terilib konstruksiya tayyorlanadi. Ular yonmaslik talablari
qo‘yiladigan sanoat va jamoat binolarida ishlatiladi (4.1-rasm).
SHishapaketlar ikki yoki uch qatlam oynani maxsus ramalarga havo
kirmaydigan qilib germetiklar yordamida o‘rnatiladi. SHishapaketlar terlamaydi,



issiqlik va tovush izolyasiyalovchi bo‘ladi. Ular oynaning oddiy, toblangan, nur


qaytaruvchi va rangli turlari asosida tayyorlanadi.
SHishapaketlar jamoat va sanoat binolarida ishlatilishi mumkin.
SHishaprofilit qobirg‘a, shveller, tavr, yarimaylana, paket ko‘ndalang
kesimli (profilli) bo‘lib, maxsus mustahkam shishadan tayyorlanadi. SHveller
profilli shisha profilit eni 250-500 mm, paketliniki 250-300 mm bo‘lishi mumkin.
Ularning armaturali va armaturasiz, rangli va rangsiz turlari bo‘lib, yig‘ilayotganda
maxsus sovuqqa va suv muhitiga chidamli moslamalar (prokladka) yordamida
zichlashtiriladi. Ular sanoat binolari, sport inshootlari, transport to‘xtash joylari
qurilishida ishlatiladi
SHisha naylar ingichka kapillyardan tortib to diametri 150 mm gacha
bo‘lgan qalin devorli holda ishlab chiqariladi. SHisha naylar kimyo, oziqovqat,
dorishunoslik, meditsina va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Ular ichi
silliq bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi. SHisha naylar mo‘rt, egilishdagi
mustahkamligi kichik, issiqqa bardoshligi 40
0
S atrofida bo‘ladi.
Ko‘pik shisha bir tartibda joylashgan yumaloq kovakchalarning (diametri
0,1-0,6 mm) o‘zaro yupqa shisha devor bilan ajratilishidan hosil bo‘lgan. Ko‘pik
shisha sanoatda ishlab chiqariladigan shisha chiqindilarni obdon tuyib, unga gaz
hosil qiluvchi qo‘shilmalar (koks, ohaktosh, marmar va sh.k.) qo‘shiladi va 700-
900
0
S eritilib, qolipga quyiladi. Suyultirilgan shishada qo‘shilmalar gaz hosil qiladi
va qotish jarayonida buyumda mayda g‘ovakchalar paydo bo‘ladi. Bu esa
buyumning o‘rtacha zichligi, issiqlik va tovush o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Ko‘pik shishaning g‘ovakligi 85-95%, o‘rtacha zichligi 200-400 kg m
3
, issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,080,12 Vt m
0
S, siqilishdagi mustahkamligi 0,5-
12,5 MPa atrofida bo‘ladi.
Ko‘pik shishadan o‘lchamlari 1000x500x125 mm yoki 500x500x125 mm li
blok va plitalar tayyorlanadi. Ko‘pik shishani arralash, kesish yoki parmalash
mumkin. Undan tayyorlangan buyumlar sovuqqa hamda kimyoviy agressiv
muhitlarga chidamli bo‘ladi.
Ko‘pik shisha qurilishda ko‘p qatlamli temirbeton panellarda, g‘isht va
yog‘och taxta devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda, issiqlik izolyasiyasi
qatlami sifatida ishlatiladi. Sirti 400
0
S gacha qiziydigan uskuna va quvurlarni
qoplashda ham issiqlik izolyasiyasi materiali tarzida ishlatish mumkin.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin