buyum olish mumkin. Xom ashyoning turi olingan buyumning xossalariga va
rangiga ta’sir qiladi.
Xom ashyoning erish haroratini pasaytirish uchun plavik shpat (SaF
2
)
singari qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mayda donali bir
xil strukturali massa olish
uchun xom ashyo tarkibiga minerallashtiruvchi qo‘shimchalar (xromit, magnezit
va sh.k.) qo‘shiladi. Eritma kimyoviy tarkibini o‘zgartirish bilan uning issiqqa
bardoshligini, haroratdan chiziqli
kengayish koeffitsientini, mustahkamligini,
agressiv muhitga chidamligini boshqarish mumkin.
Ayniqsa, domna va marten pechlari shlaklaridan qurilish materiallari
tayyorlash iqtisodiy samara beradi. CHunki, pechdan
maxsus qorishtirgichga
uzatilgan, 1350-1450
0
S haroratdagi shlakka istalgan qo‘shimcha aralashtirib
quyish, shtamplash, prokatlash va sentrafugalash usullarida
buyumlar tayyorlash
imkoniyati mavjud.
Quyma tosh buyumlarning o‘rtacha zichligi 2900-3000 kg m
3
, g‘ovakligi
12% bo‘lib, yopiq xarakterga ega. SHu tufayli ular sovuqqa o‘ta chidamli, issiqqa
bardoshli bo‘ladi. Ularning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 200-240 MPa,
egilishdagi mustahkamligi 20-30 MPa. Edirilishi 0,7 g sm
2
bo‘lib, tabiiy toshlarga
(diabaz, granit) nisbatan 2-5 marta bardoshlidir. Eritilgan tosh materiallar
atmosfera, agressiv muhitga chidamlilik talab etilgan joylarda,
intensiv edirilish,
erish va muzlash kuzatiladigan muhitlarda ishlatiladi. Ular yo‘l qurilishida
mustahkam, chidamli toshli qoplamalar, kimyoviy moddalar
ishlab chiqaradigan
zavodlar, metall quvurlar o‘rnini bosadigan diametri 200-1200 mm bo‘lgan tosh
quyma quvurlar sifatida ishlatilishi mumkin.
Rangli tosh quyma plitalar bino fasadlarini bezashda, arxitektura qismlarini
tayyorlashda ham ishlatiladi.
YUqori haroratdagi suyuq shlakni ko‘pirtirib va tez sovitib ko‘p g‘ovakli
material-termozit olish mumkin. YUqori 1200-1400
0
S haroratdagi suyuq shlak
juda kichik teshiklardan bosim ostida ip singari chiqqan eritmaning sovishidan
hosil bo‘lgan engil, issiqlik izolyasiyasi materiali shlak paxtasi deyiladi.
Uning
o‘rtacha zichligi 250-300 kg m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,05
Vt m
0
S.
7.
Sitallar va ular asosidagi buyumlar
Dostları ilə paylaş: