Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə50/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

SHisha tola-borosilikat shishasini yuqori haroratda eritib, diametri 0,0002-
0,03 mm teshikdan tortib chiqarib, g‘altaklarga o‘rab olinadi.
SHisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi juda katta (2000-4000
MPa). Tolaning diametri kichraysa uning mustahkamligi ham kamayadi. SHisha
tolasi (diametri 0,04 mm) o‘rtacha zichligi 40-50 kg m
3
.



SHisha tolasidan tayyorlangan ip, mato, namat, plita, qobig‘ va sh.k. lar


qavatlararo plitalar, pardevorlar, tom va yopma plitalar tayyorlashda issiqlik
izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi. CHiqindi hisoblangan chigal va katta
diametrli shisha tolasidan presslab olingan shisha namatni bitum yoki smolalarda
shimdirilgan mahsulot qurilish konstruksiyalarning er osti qismini korroziyadan
saqlash, issiqlik trassalarida izolyasiyalovchi material sifatida ishlatiladi.
Energiyatejamkor shishapaket. Sovuq kunlarda oddiy oyna qo‘yilgan
xonalarda 50% gacha issiqlik yo‘qotilishi kuzatiladi hamda oynalarga yaqin joyda
harorat ancha past bo‘ladi. Mutaxassislar bu holatni “sovuq devor faolligi” deb
atashadi.
Oyna orqali issiqlik ikki yo‘l bilan yo‘qotiladi:
1.
Oynaning
katta
zichligi
tufayli,
yuqori
darajada
issiqlik
o‘tkazuvchanligi.
Bu xolatda ikki va uch qavatli oynali romlar ishlatiladi.
2.
Havo konveksiyasi tufayli issiqlik yo‘qotiladi. Ushbu holatda gemetik
shishapaketlar yaratish usuli bilan issiqlik saqlab qolinadi. Infraqizil nurlanish
tufayli 70% gacha issiqlik yo‘qotiladi. Bu holda bir tomonga maxsus qoplama
surtilgan energiyatejamkor oynalar ishlatiladi.
Xozirda ikki tipda (kichik emissiyali) oyna qoplamasi ishlatiladi:
K – shisha – “qattiq” qoplamali va i – shisha – “yumshoq” qoplamali.
YUmshoq qoplamali oynalar yuqori samarali bo‘lib, narxi arzon. Kichik emissiyali
oynalarni Dunyoda bir necha Kompaniyalar ishlab chiqaradi. Ularni ishlab
chiqarish texnologiyasi murakkab bo‘lib, ishlab chiqaruvchidan yuqori mahorat
talab qiladi. Ishlab chiqaruvchilar orasida Glaverbel kompaniyasi mashxurdir.
Glaverbel kompaniyasi ishlab chiqarayotgan yumshoq qoplamali kichik emissiyali
deraza oynalari – shishapaketlar uchun mo‘ljallangan issiqtejamkor, shaffof va nur
o‘tkazuvchi paketlar uchun mo‘ljallangan. Planibel top N va Planibel Ton NT
(toblash mumkin), Energy N va Energy NT neytral, qish-yoz mavsumlarida
xonalarda komfort haroratini ta’minlovchi hamda energiyatejamkor xossalarga ega
bo‘lgan Sunergu va Stopray arxitektura oynalari kiradi.
Kichik emissiyali shishapaketlar ikki va ko‘p kamerali oddiy
shishapaketlardan avzalligini ko‘rsatadi.
Kichik emissiyali oynalar ikki kamerali shishapaketlarga nisbatan 20%
issiqlik tejamkor hisoblanadi.
Bunday oynalar yoz kunlari quyosh nurini qaytaradi, chunki nurni
qaytarish faolligi ikki tomonlama bo‘ladi, natijada xonada salqin havo saqlanadi.
Bir kamerali energiyatejamkor shishapaketda rezonans holati kuzatilmaydi,
ushbu holat ikki va qo‘p kamerali shishapaketlarda ro‘y beradi.
Kichik emissiyali shishapaketlar tashqi oynalar ishlatilsa ham



shovqindan izolyasiya qiladi. Oddiy hollarda, odatdagi 4 mm oyna o‘rniga


6 mm, xatto 8 mm oyna ishlatiladi.
SHishapaket oynalarning issiqlik-fizik xossalari quyidagicha:
SHisha
turi
Emissiya
koeffitsienti
Issiqlik uzatish qarshiligi
R
o
, m
2
K/B
T
SPO (quruq
havo)
Issiqlik uzatish qarshiligi
R
o
, m
2
K/B
T
SPO Ar
bilan
Oddiy
shisha
2,85
0,35
0,37
YUmshoq
qoplama
0,04
0,56
0,68
Qattiq
qoplama
0,15
0,50
0,58
K – shisha (qattiq qoplamali shisha) – float shisha ishlab chiqarish
jarayonlarida issiq oynaga metallar oksidlari sepish usulida olinadi. Qoplama qattiq
va uzoq muddatga chidamli bo‘ladi. U yorug‘likni yuqori darajada o‘tkazadi,
qishda issiqlikni kam yo‘qotadi, laminatsiya, toblash va boshqa ishlovlarga molik
sanaladi.
i – shisha (yumshoq qoplamali shisha) – SHishaga vakuummagnetron
usulida kumush – energiyatejamkor qoplama sepiladi. Kumush sepilish sababli
shisha yuzasida elektron o‘tkazuvchan bo‘lib, muayyan to‘lqin uzunligidan yuqori
holda elektromagnit nurlanish ushbu metall yuzasidan qaytadi.
i – shisha maksimum energiyatejamkor, yorug‘lik o‘tkazuvchan, kam nur
qaytaruvchi va ichki kondensatsiyali xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Kam emissiyali shisha oynali paketlar ishlatilganda uzun to‘lqinli infraqizil
nurlanish qisqaradi, issiqlik tashqariga chiqmaydi va xona ichiga qaytadi. SHu
vaqtning o‘zida qisqa to‘lqinli issiq quyosh nuri kam emissiyali shisha orqali
beto‘xtov o‘tish imkoniyati bo‘ladi va xonani qo‘shimcha isitadi.
Umuman kam emissiyali shisha oynali paketlarni ishlatish energiya
yo‘qolishini 70% kamaytiradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin