Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə58/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Nazorat savollari
1.
Mineral bog‘lovchilar qanday klassifikatsiyalanadi?
2.
Havoyi ohak ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalarini aytib
bering?
1.
Gips bog‘lovchisi xomashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy
xossalari xaqida aytib bering.
2.
Portlandsement xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasini aytib
bering.
4.
Portlandsement
klinkerining
mineralogik
tarkibi
va
unga
qo‘shiladigan qo‘shimchalar nimalardan iborat?
5.
Portlandsement asosiy xossalarini va korroziyasini aytib bering.
6.
Portlandsement turlarini gapirib bering.
7.
Putssolanli va shlakli sementlar nima?
8.
Giltuproqli sementlarning xomashyosi, asosiy xossalari haqida aytib
bering.
10. Kengayuvchan, zo‘riqish hosil etuvchi va sementning boshqa turlari
haqida gapirib bering.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.
Otaqo‘ziev T.A., Otaqo‘ziev E.T. Mineral bog‘lovchi moddalar
kimyoviy texnologiyasi. “CHo‘lpon” nashriyoti. Toshkent. 2005. 252 b.
2.
Filimonov B.P. Otdelochnыe rabotы. Sovremennыe materialы i
novыe texnologii. Izd. “Assotsiatsiya stroitelnыx vuzov”. Moskva. 2004. 173 s.
3.
Vasilev S.M., Kozlov S.A. i dr. Master suxogo stroitelstva (komplekt
uchebnoy dokumentatsii po professii). OOO Knauf servis. Moskva.
2005, 155 s.





6-MAVZU 

GIDRAVLIK BOG‘LOVCHI MODDALAR,PARTLANDSEMENT. 

Reja:
1.
Gidravlik ohak
2.
Romansement
3.
Portlandsement
1.
Gidravlik ohak
Gidravlik ohak tarkibida 6-20% giltuproq bo‘lgan mergelli ohaktoshlari
900-1100
0
S haroratda kuydirib olinadi.
Mergelli ohaktoshlar kuydirilganda SaO dan tashqari kichik tartibli
minerallar-2SaO
.
SiO
2
; CaO
.
Al
2
O
3
va CaO
.
Fe
2
O
3
hosil bo‘ladi. Bu minerallar
ohakka gidravlilik xususiyatini, ya’ni nam va suvli sharoitda qotish imkoniyatini
beradi.
Gidravlik ohak 7 sutka davomida havoda qotib, keyinchalik qotishini suvda
davom ettiradi va mustahkamligi muttasil ortib boradi.
Gidravlik ohakning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi bo‘yicha markasi
(28 sut) 2-10 MPa bo‘lishi mumkin.
Gidravlik ohak maydalab kukun holda yoki suvda so‘ndirilib ohak hamiri
holatida ishlatiladi. U g‘isht terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan oddiy va
murakkab tarkibdagi qorishmalar, past markadagi betonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Gidravlik ohakni saqlashda, tashishda namlanishdan asrash kerak.
Gidravlik ohakka tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi jihatidan juda yaqin
bo‘lgan bog‘lovchilar asosidagi qorishmalar Samarqand, Xiva, SHaxrisabz,
Buxoro kabi shaharlar arxitektura yodgorliklari g‘ishtlarini terishda, suvoqchilikda
ishlatilgan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin