nefelin shlami ishlatiladi. Ularning tarkibida 50-60% SaO; 25-30% SiO
2
; 2-5%
Al
2
O
3
; 3-8% boshqa oksidlar bo‘lishi mumkin. Bu yarimtayyor komponentlarni
sement tarkibiga kiritilishi yoqilg‘i sarfini 20-25% kamaytiradi.
Klinkerni kuydirish asosan yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz, xususiy hollarda esa
toshko‘mir kukuni yoki mazut ishlatiladi. Gaz yoqilganda klinker toza kuydiriladi,
ko‘mir va mazut yoqilishi esa klinkerni 10-20% ga nokerak komponentlar bilan
boyitadi.
Sement ishlab chiqarish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: ohaktosh va
giltuproqni qazib chiqarish va zavodga keltirish; xomashyoni tayyorlash;
xomashyoni kuydirib klinker olish; gips olib klinkerni tuyish (15% gacha gidravlik
qo‘shimchalar qo‘shish mumkin); sementni omborxonalarga joylashtirish.
Xomashyo pishirish xumdonlariga 3 xil usulda tayyorlanadi: quruq, xo‘l va
kombinatsiyalashgan usullar.
Xo‘l usulda xomashyo komponentlari turli usullarda maydalanib
aralashtiriladi va suv ishtirokida tuyiladi. Hosil bo‘lgan massa-shlam nasoslar
yordamida shlambasseynlarga yuboriladi. SHlam tarkibidagi suv miqdori 35-45%
ni tashkil etadi. Uning tarkibidagi oson eruvchan ohaktosh, giltuproq dispers
majmuani hosil qiladi. Ho‘l usulda klinker pishirilganda yoqilg‘i sarfi quruq usulga
nisbatan 1,5-2 marta ko‘p sarflanadi. Ho‘l usulda xom ashyo tayyorlanganda suv
ishtirokida mayin shlam massasi hosil bo‘ladi. Bu usulda xomashyo materiallar-
ohaktoshlar karerdan keltiriladi va jag‘li va to‘qmoqli maydalagichlarda 5 mm
kattalikgacha maydalanadi. Giltuproq va bo‘r yumshoq bo‘lganligi uchun
glinaboltushkalarda ezg‘ilanadi. Maydalangan ohaktosh va giltuproq birgalikda
sharli tegirmonlarda suspenziya holatigacha tuyiladi. SHarli tegirmon uzunligi 15
m, diametri 3,2 m bo‘lgan, po‘latdan ishlangan silindr bo‘lib, ichi 3 bo‘lakka
bo‘lingan. Xomashyo ichi bo‘sh vallar (sapfa) orqali bosim ostida bir tomondan
beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi. Tegirmon ichida birinchi va ikkinchi
bo‘lmalar po‘lat yoki cho‘yan sharlar bilan, uchinchi bo‘lma esa kichik
o‘lchamdagi silindrlar bilan to‘ldiriladi. Quvursimon tegirmonlar to‘xtovsiz
ravishda ishlaydigan uskuna bo‘lib, soatiga 30-50 tonna xom ashyoni shlam
massasiga aylantirib beradi.
Hosil bo‘lgan shlam nasoslar yordamida temirbeton yoki po‘latdan
yasalgan shlambasseynlarga yuboriladi. SHlambasseynlarda shlam tarkibi etiladi
va 5-7 kunlik zahira miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam o‘lchovli
ta’minlovchi orqali aylanma xumdonlarga kuydirish uchun uzatiladi.
Quruq
usulda
klinker
siklonli
issiq
almashinuvchi
reaktordekarbonizatorlarda pishiriladi. Bu usulda bir texnologik tizimda 3000
tonnagacha klinkerni pishirish mumkin. Bu usulda yoqilg‘i sarfi ho‘l usulga
nisbatan 30-40% kam sarflanadi. Xumdonlarga metall sarfi 2,5-3 marta kamayadi.
Quruq usulga binoan ohaktosh va giltuproq tegirmonda 1-2% qoldiq namlikgacha
maydalanadi.
Kombinatsiyalashgan usulda ho‘l usulda singari bo‘lakchalar tayyorlanib
so‘ng quritiladi va quruq usulga binoan kuydiriladi. Bunda yoqilg‘i sarfi 20-30%
gacha ho‘l usulga nisbatan kam sarflanadi.
Ta’kidlash zarurki, klinker olishda har bir usulning yutuq va kamchiliklari
mavjud bo‘lib, ho‘l usulda suvli sharoitda xomashyo tez maydalanadi, ammo
quruq usulga nisbatan yoqilg‘i 1,5-2 marta ko‘p sarflanadi. Keyinchalik,
xomashyoni maydalash texnologiyasini mukammallashtirish, siklonli issiq
almashtiruvchi va dekarbonizatsiyalovchi reaktorlar bilan kuydirish xumdonlarini
ta’minlash klinker ishlab chiqarishda quruq usulga o‘tishni ta’minlaydi. Sement
ishlab chiqarishda kuydirish xumdoni asosiy vazifani o‘taydi va eng murakkab
jarayon bajariladi.
Kuydirish xumdoni (5.3-rasm) bo‘lak-bo‘lak po‘latdan yasalgan, ichki
tomondan olovga bardoshli materiallar bilan qoplangan uzun silindr ko‘rinishida
bo‘ladi.
Xumdonning uzunligi 150-185-230m, diametri 4-5-7m bo‘ladi va 3.5-4
0
qiyalikda o‘rnatilib, markaziy o‘q atrofida minutiga 0,5 dan 1,4 martagacha aylanib
turadi. SHlam yuqori qismdan solinib, pastki qismga qarab harakatlanadi. Pastki
qismdan gaz yoki ko‘mir kukuni havo bilan birga yoqiladi va 1500
0
S gacha harorat
hosil qilinadi.
Xumdon ichidagi jarayonlar shartli ravishda haroratga qarab oltiga
bo‘linadi:
1.
Bug‘lanish zonasida shlam tarkibidagi mexanik bog‘langan suv, 70
dan 200
0
S haroratgacha qizdirilganda, chiqib ketadi. Quritilgan material yirik
bo‘laklarda bo‘lib, xumdonning aylanishi tufayli devorlarga urilib maydalanadi;
2.
Isitish zonasida harorat 200 dan 700
0
S gacha ko‘tariladi. Bu zonada
organik aralashmalar yonib ketadi, kimyoviy bog‘langan suv (kristallkimyoviy)
yo‘qotiladi va suvsiz kaolinit Al
2
O
3
.
2SiO
2
hosil bo‘ladi.
SHuni ta’kidlash zarurki, 1 va 2 zonada klinker kuydirishga tayyorlanadi va
bu jarayonlar xumdonning 50-60% uzunligini tashkil qiladi;
3.
Dekarbonizatsiya zonasida harorat 700 dan 1100
0
S gacha bo‘lib kalsiy
va magniy karbonatlar dissotsiatsiyalanadi va kalsiy oksidi ko‘p miqdorda erkin
holda hosil bo‘ladi. Dissotsiatsiya jarayoni endotermik bo‘lgani uchun bu zonada
juda katta issiqlik miqdori yutiladi.
Bu zonada giltuproqdan Al
2
O
3
, SiO
2
va Fe
2
O
3
kabi erkin oksidlar hosil
bo‘ladi va ular SaO bilan birikib qattiq holatda 3CaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va 2CaO
.
SiO
2
kabi yuqori tartibli minerallarni hosil qiladi;
4.
Ekzotermik jarayonlar zonasida harorat 1100 dan 1250
0
S gacha
bo‘ladi. Bu zonada qattiq fazali reaksiyalar natijasida 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va
2CaO
.
SiO
2
kabi yuqori tartibli minerallar hosil bo‘ladi. Bu ekzotermik reaksiyalar
natijasida harorat 150-200
0
S ga ko‘tariladi va bu jarayon xumdonning 5-7%
uzunligida yuz beradi;
5.
Pishirish zonasida harorat 1300 dan 1450
0
S gacha ko‘tarilib yana
1300
0
S haroratgacha qaytadi. Bu zonada hosil bo‘lgan minerallar qisman eriydi,
qayta birikib 3SaO
.
SiO
2
-asosiy mineral hosil bo‘ladi. 1450
0
S haroratda 2CaO
.
SiO
2
va SaO birikib alitni hosil qiladi va klinker tarkibida erkin holatdagi SaO 0,5-1%
atrofida qoladi. Erigan minerallar xumdon devorlarida to‘xtovsiz dumalagani
uchun soqqachalar hosil bo‘la boshlaydi. Bu zonada haroratning 1300
0
S gacha
pasayishi eritmaning kristallanishiga va 3CaO
.
Al
2
O
3
, 4SaO
.
Al
2
O
3
.
Fe
2
O
3
va MgO
larning hosil bo‘lishiga olib keladi:
6.
Sovitish zonasida klinker harorati1300 dan 1000
0
S gacha pasayadi va
C
3
S, C
2
S, C
3
A, C
4
AF va MgO (periklaz) lar hosil bo‘ladi.
Klinker xumdondan to‘q kulrangida yoki ko‘kimtir kul rangidagi
soqqachalar ko‘rinishida chiqadi. Klinker panjarali, rekuperatorli va boshqa turdagi
sovitgichlarda 1000 dan 100-200
0
S haroratgacha sovitiladi.
Klinkerni tindirish uchun bir-ikki hafta oraliq omborlarda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: