400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2-6%, sovuqqa chidamligi 50-100 sikl bo‘ladi.
Klinkerli g‘isht yo‘l va ko‘prik qoplamalarida, kanalizatsiya kollektorlarini
qoplashda, suv inshootlari qirg‘oqlarini mustahkamlashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamli g‘isht oliy va birinchi kategoriyalarda A, B va V
klasslarda tayyorlanadi. G‘isht shakl jixatidan to‘g‘ri burchakli, ponasimon, radial
va fason turlariga bo‘linadi. G‘ishtning o‘lchamlari 230x113x65 va 230x113x55
mm.
G‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa, kislotaga bardoshligi 96-
98,5% va termik bardoshligi 5-25 marta issiqlik almashish sikli. G‘isht qurilish
konstruksiyalari va apparatlarni kislota muhitidan himoyalashda, gaz yo‘llariga
qoplash, pol va tarnovlarga yotqizish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: