Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə43/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Kislotaga chidamli plitkalar oliy va birinchi navlarda 6 xil markada:
farforli kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), gidroliz
sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksiyalari uchun
kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSH) va shamotli
termokislotaga bardoshli (TKSH). Plitkalar kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ponasimon
va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi.
Plitka o‘lchamlari: uzunligi va eni 50-200 mm, qalinligi 15-50 mm bo‘ladi.
Plitkaning suv shimuvchanligi 0,4-8%, kislotaga bardoshligi 9799%, siqilishdagi
mustahkamlik chegarasi 10-15MPa, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 10-
40MPa, sovuqqa chidamligi 15-20 sikl va termik bardoshligi 2-10 marta issiqlik
almashish sikli.
Plitkalar apparat va uskunalarni, qurilish konstruksiyalarini, pol va gaz
yo‘llarini kislota ta’siridan, termokislotaga bardoshli plitkalar esa pishirish
qozonlari ichini qoplash uchun ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar tashqi va ichki tomonlari kislotaga bardoshli
sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini o‘ta
zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o‘g‘itlar ishlab chiqarish, sellyuloza-
qog‘oz sanoatlarida ishlatiladi.
Olovbardosh keramik materiallar. Bu jixatdan keramik materiallar
olovbardosh
(1580-1770
0
S),
olovbardoshligi
yuqori
(17702000
0
S)
va
olovbardoshligi o‘ta yuqori (2000
0
S yuqori) turlarga bo‘linadi.
Olovbardosh materiallarga g‘isht, blok, plita va fason elementlari kiradi.
Mineral
tarkibiga
ko‘ra
olovbardosh
materiallar
qumtuproqli,
alyumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo‘ladi.
Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida
tayyorlanadi.
Dinasli
buyumlar
olovbardoshligi
1710-1750
0
S,
siqilishga
mustahkamligi 15-35 MPa. Dinasli buyumlar sanoat xumdonlari (marten, koks,
sement pishirish) ichini qoplashda ishlatiladi.



Alyumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin


aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610-1710
0
S, siqilishga
mustahkamligi kamida 10 MPa bo‘lib, koks, shisha eritadigan xumdonlar ichini
qoplashda ishlatiladi.
SHamotli olovbardosh buyumlar olovbardosh gil va shamot asosida
olinadi. Ularning olovbardoshligi 1710-1730
0
S, siqilishdagi mustahkamligi 10-
12,5 MPa. Ular domna, keramika xumdonlari, bug‘ qozonlari ichini qoplashda
ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45% ortiq Al
2
O
3
bo‘lgan
xom ashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning olovbardoshligi 1770-
2000
0
S bo‘lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida va boshqa sanoat
korxonalarida ishlatiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin