Massiv monolit konstruksiyalar va inshootlar qurilishida beton qorishmasiga 150
mm yiriklikgacha to‘ldirgich kiritish mumkin. SHag‘al
tarkibi tosh va qisman
qumdan iborat bo‘lib, chang, tuproq, slyuda va organik chirindilar aralashgan
bo‘ladi. SHag‘al donalari oval, yapaloq shaklda bo‘lib, yuzasi tekis bo‘ladi. Tog‘
(jar) shag‘alining yuzasi g‘adir-budir bo‘lishi mumkin. Daryo, dengiz shag‘ali tog‘
shag‘aliga nisbatan tozaroq bo‘ladi.
CHaqiq tosh otqindi, metamorfik va suv muhitiga chidamli zich cho‘kindi
tog‘ jinslarni maydalab tayyorlanadi. CHaqiq tosh serqirra va yuzasi g‘adirbudir
bo‘lishi sement toshi bilan yaxshi tishlashishini ta’minlaydi. SHuning uchun
yuqori markadagi betonlar tayyorlashda chaqiq tosh ishlatiladi.
CHaqiq tosh tarkibida tuproq, chang va organik aralashmalar kam bo‘ladi.
Yirik to‘ldirgich
sifati mineral tarkibi, tog‘ jinslarining mustahkamligi va
sovuqqa chidamliligi,
donador tarkibi, donalarning shakli, mineral va organik
zararli aralashmalarning miqdori bilan belgilanadi.
Yirik to‘ldirgich jinsining suv shimgandagi
mustahkamligi beton
mustahkamligiga nisbatan 1,5-2 marta katta bo‘lishi kerak.
Betonning
zichligi,
mustahkamligi,
sovuqqa
chidamliligi
yirik
to‘ldirgichning donador tarkibiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yirik to‘ldirgich
donalarining uzluksiz fraksiyalarda bo‘lishi sementning tejalishini ta’minlaydi.
Yirik to‘ldirgich 5-10, 10-20, 20-40 va 40-70 mm fraksiyalarda bo‘ladi.
Beton tayyorlashda muayyan fraksiyadagi yirik to‘ldirgichni ishlatish
konstruksiyaning o‘lchamlari, armaturalar orasidagi masofalar bilan belgilanadi.
Temirbeton to‘sinlar, kolonnalar, ramalar
va boshqa konstruksiyalar
tayyorlashda yirik to‘ldirgich donasining katta tomoni o‘lchami armatura
sterjenlari orasidagi masofaning 3 4 qismidan kichik bo‘lishi shart, qavatlararo va
tom yopma plitalari uchun esa plita qalinligining 1 2 qismidan kam bo‘lishi kerak.
Bino va inshootlar qurilishida ishlatiladigan temirbeton konstruksiyalar va
beton buyumlar tayyorlashda odatda 5-10 va 10-20 mm fraksiyali to‘ldirgichlar 2:3
nisbatda aralashtirib qo‘llaniladi. Konstruksiyalarning hajmiy o‘lchamlari
yiriklashgan sari yirik to‘ldirgich fraksiyalari ham ortib borishi mumkin. Beton
uchun belgilangan yirik donalar 5% gacha bo‘lishi ruxsat etiladi.
Zarurat bo‘lganda 3-10, 10-15, 5-15 va 15-20 mm fraksiyadagi chaqiq tosh
maxsus temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatilishi mumkin.
Yirik
to‘ldirgich donador tarkibi donalarning eng katta D va eng kichik d o‘lchamlari
bilan belgilanadi. Har bir fraksiya yoki ularning aralashmalari donador tarkibi
quyidagi oraliqda bo‘lishi kerak:
Elak o‘lchamlari d
0,5(d D)
d
1,25
5(3)mm
10mm
va
yuqori
Bitta
fraksiya
uchun
Fraksiyalar
aralashmasi
D
Elaklardagi to‘la
qoldiq, % massa
bo‘yicha
95-100 90-100 40-80
50-70
0-10 0
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibi 10 kg
massali namunani teshiklar
o‘lchami 70, 40, 20, 10 va 5 mm li standart elaklar yig‘masidan o‘tkazib, har bir
elakdagi alohida va to‘la qoldiqlar topiladi. Donalarning eng yirigi to‘la qoldig‘i
5% ortmaydi, donalarning eng kichik o‘lchamlari to‘la qoldig‘i kamida 95%
tashkil etishi kerak. Bundan tashqari 0,5 (D d) va 1,25D ning qiymatlari
hisoblanadi.
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibini baholash
va beton qorishmasi
tayyorlashda yaroqli sohani maxsus chizma vositasida ifodalanadi. (12.2rasm).
Yirik to‘ldirgichning donador tarkibi egri chizig‘i shtrixlangan soha ichida
bo‘lsa, ushbu to‘ldirgich beton qorishmasi tayyorlash uchun yaroqli bo‘ladi.
CHaqiq tosh donalari shakli bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: kubsimon,
saralangan (yaxshilangan) va oddiy. Tuxumsimon va sharsimon shakldagi chaqiq
toshlarni ishlatish maqsadga muvofiq.
Bu
guruhlarga
kiruvchi
chaqiq
toshlar
tarkibida
plastinasimon
(cho‘zinchoq) va ignasimon shakldagi donalar 15; 25 va 35% massa bo‘yicha
mutanosiblikda bo‘lishi mumkin. Plastinasimon va
ignasimon donalar qalinligi
yoki eni uzunligiga nisbatan kamida uch marta kichik bo‘ladi
Elakning ыlchamlari
Dostları ilə paylaş: