Qum granulometrik tarkibiga nisbatan yirik, o‘rtacha va mayda qumlarga
bo‘linadi.
Qumning donador tarkibini grafik holda berish mumkin. (12.1-rasm).
Bunda vertikal o‘q bo‘yicha elaklardagi to‘la qoldiq miqdorlari, gorizontal o‘q
bo‘yicha esa elak teshiklari o‘lchamlari berilgan. Grafikda shtrix bilan belgilangan
soha qumning og‘ir beton tayyorlash uchun yaroqliligini bildiradi.
Qum
tarkibidagi
changsimon
va
loysimon
aralashmalar
beton
qorishmasining suvga talabini oshiradi va sementning aktivligini pasaytiradi.
SHuning uchun qum tarkibida 0,14 mm teshikli elakdan o‘tgan zarrachalar miqdori
10%
oshmasligi, changsimon va loysimon zarrachalar esa 3% oshmasligi kerak.
Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon aralashmalardan tozalash
mumkin.
Tabiiy qum tarkibida organik aralashmalar (o‘simlik
chirindi qoldiqlari,
organik kislotalar) sement toshini asta-sekin emirib,
beton mustahkamligini
pasaytiradi. Organik aralashmalar bilan qumning ifloslanish darajasini
kolorometrik usulda aniqlanadi. Qumga qo‘shilgan NaOH 3% eritmasi ta’sirida
aralashma etalon rangidan ochroq bo‘lsa (etalon och sariq rangda)
qum beton
tayyorlash uchun yaroqli hisoblanadi. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan quruq kvars
qumining o‘rtacha zichligi 1500-1550 kg m
3
, zichlangan holda esa 1600-1700
kg m
3
atrofida bo‘ladi. Kvars qumining o‘rtacha zichligi uning namligiga bog‘liq
bo‘ladi. Qumning nisbiy namligi 57% bo‘lganda uning o‘rtacha zichligi minimum
qiymatda bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: