Tamponaj portlandsement-klinker, gips va turli qo‘shimchalar asosida
olinadi va asosan neft va gaz burg‘ulash ishlarida ishlatiladi. Sement sovuq
(22±2
0
S) va issiq (75±3
0
S) burg‘ulashda sinovdan o‘tkaziladi. Tamponaj sement
og‘irlashtirilgan, qumli, tuzli sharoitda chidaydigan va gigroskopligi kamaytirilgan
turlarga bo‘linadi. Unga qo‘yilgan asosiy talab 4x4x16 sm to‘sinchalarning
(S S=0,5) egilishdagi mustahkamlik chegarasidir.
Giltuproqli sement klinkeri ohaktosh va boksitlar asosida olinadi. Sement
sifatiga kalsiy alyumosilikatlari (gelenit) SaO·Al
2
O
3
·SiO
2
ta’sir ko‘rsatadi. Bir
kalsiyli alyuminat SaO·Al
2
O
3
giltuproqli sementni tez qotishini belgilaydi. Sement
tarkibida SaO·2Al
2
O
3
ham qisman bo‘lishi mumkin. Sement muhit harorati 25
0
S
gacha bo‘lganda yuqori mustahkamlikka erishadi. Bu sharoitda giltuproqli sement
oddiy sement 28 sut. erishgan mustahkamlikka 3 sutka davomida erishadi; u 400,
500, 600 markalarda ishlab chiqariladi. Uning qotish boshlanishi 30 min keyin,
oxiri esa 12 soat bo‘ladi. Sement tarkibida kalsiy ishqori va uch kalsiyli
alyuminatning bo‘lmasligi uning korroziyaning birinchi va ikkinchi turlariga
chidamliligini ta’minlaydi. Ammo giltuproqli sement kislotalar va ishqorlarga
chidamsiz bo‘lgani uchun oddiy sement va ohak bilan aralashtirib ishlatib
bo‘lmaydi.
Bu sement qimmatbaholigini hisobga olib faqat maxsus joylarda, tez qotish
zarurati bo‘lganda va yuqori haroratga chidamli qorishmalar va betonlar olishda
ishlatiladi.
Kengayuvchan va kirishmaydigan sementlar.Kengayuvchan sement
ko‘p komponentli bo‘lib, aktiv komponent sifatida 3CaO·Al
2
O
3
·3CaSO
4
·32H
2
O
keltirish mumkin.
Kengayuvchan sement giltuproqli sement (70%), gips (20%) va yuqori
tartibli kalsiy gidroalyuminati (10%) kukun holda aralashtirilib olinishi mumkin.
Bu turi tez qotadi va suv muhitiga chidamli bo‘ladi.
Gipsgiltuproqli kengayuvchan sement yuqorigiltuproqli klinker yoki shlak
va tabiiy gipsni aralashtirib maydalab yoki avval maydalab keyin aralashtirib
olinadi. Bu sement suvda kengayadi, quruq sharoitda esa kirishmaydi.
Kengayuvchan portlandsement (KPS) klinker 58-63%, giltuproqli klinker
(shlak)-5-7%, gips –7-10%, aktiv mineral qo‘shimchalar –23-28% komponentlarni
birgalikda maydalab tuyib olinadi. KPS dan tayyorlangan sement toshi yuqori
zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lib, bug‘ bilan qisqa vaqt ishlanganda tez qotadi.
KPS suvli sharoitda 3 sut davomida kengayadi.