Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə69/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Mineral qo‘shimchali sementlar. Aktiv mineral qo‘shimchalar (AMQ)
tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiylariga diatomit, trepel, opoka, gliej, vulqon
kuli, tuf, pemza, trass va sh.k., sun’iylariga esa donali domna shlaki, kullar, shlam
chiqindilari va sh.k. lar kiradi.
Sementga AMQ larning kiritilishi ular tarkibidagi aktiv kremnezemning
(SiO
2
) sement gidratatsiyasidan hosil bo‘lgan Sa(ON)
2
bilan reaksiyaga kirishib,
havoda va suvda qotadigan kalsiy gidrosilikatlarini hosil bo‘lishiga olib keladi.
Natijada sement klinkeri tejalishi bilan birga suv va boshqa agressiv muhitlarga
chidamli sementning turlarini hosil qilish mumkin.
Putssolanli portlandsement (PPS)-klinker, gips va aktiv mineral
qo‘shimchalarni birgalikda maydalab tuyib olinadi. Bunda cho‘kindi jinslar
(diatomit, opoka, trepel)20-30%, vulqondan hosil bo‘lgan jinslar (pemza, tuf), gliej
va yoqilg‘i kullari 25-40% atrofida klinker tarkibiga kiritiladi.
Aktiv mineral qo‘shimchalar tarkibidagi aktiv kremnezem quyidagi
reaksiyaga binoan Sa(ON)
2
bilan birikadi:
mSa(ON)
2
SiO
2akt
nH
2
O+(0,8-15)CaO
.
SiO
2
.
pH
2
O
Kalsiy gidroksidning biriktirilishi sement toshi birinchi turdagi
korroziyasini ogohlantiradi va mustahkamlikni oshiradi. Putssolanli sement normal
sharoitda oddiy sementga nisbatan sekin qotadi. Bu turdagi sement asosidagi
betonlar nam va suvli sharoitlarda ishlatilganda gidrat birikmalaridan suvning
bug‘lanishi hisobiga kirishadi va qisman mustahkamligini yo‘qotadi.
SHlakli portlandsement (SHPS) klinker bilan donali domna yoki
elektrotermofosfor shlakiga gips qo‘shib maydalab tuyib olinadi. SHlakli
portlandsement tarkibida domna shlaki 20-80% (sement massasiga nisbatan)
atrofida bo‘ladi. SHlak o‘rniga 10% gacha aktiv mineral qo‘shimchalar ishlatilishi
mumkin. Domna shlakining oksid tarkibi (%): 3050 SaO; 28-30 SiO
2
; 8-24 Al
2
O
3
;
1-3 MnO. Ularning umumiy miqdori 90-95% atrofida bo‘ladi.
SHlakning gidravlik aktivligi sifat koeffitsienti bilan aniqlanadi:
%CaO %MgO %Al2OK
%SiO
2
%TiO
2
Sifat koeffitsientiga qarab shlaklar 3 navga bo‘linadi. SHlaklar ham
putssolan qo‘shimchalar kabi kalsiy ishqori bilan kichik asosdagi gidrosilikatlarni
(SaO
.
SiO
2
.
2,5H
2
O)
va
gidroalyuminatlarni (2SaO
.
Al
2
O
3
.
8H
2
O) hosil
qiladi. SHPS gidratatsiyasi davrida issiqlikning kam ajrab chiqishi ular asosida
massiv temir beton konstruksiyalar tayyorlashda asqotadi.
Bu turdagi sementning putssolanli sementlarga nisbatan suvga extiyoji
kamroq bo‘lib, atmosferaga va sovuqqa chidamligi yuqoridir. Ammo SHPS



birinchi sutkalarda sekin qotadi, ayniqsa, past haroratli muhitda. SHlakli


portlandsement 300, 400, 500 markalarda ishlab chiqariladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin