Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə65/135
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#166240
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135
Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. -fayllar.org

Maydalik darajasi quruq holatdagi sementning №008 elakdagi
(teshik o‘lchamlari 0,08 mm) qoldig‘i bilan aniqlanadi. Sement ushbu
elakdan kamida 85% o‘tishi kerak.
Bu usuldan tashqari sementning maydalik darajasi uning dispersligini
aniqlash usuli bilan ham amalga oshiriladi. Oddiy 400 markadagi sementning
dispersligi, ya’ni solishtirma yuzasi 2500-3000 sm
2
g bo‘lishi mumkin.
Zichligi. Sement zichligi 3,05-3,15 g sm
3
. Mineral qo‘shimchalar sement
zichligiga ta’sir etishi mumkin. To‘kilgan holatdagi zichligi 1100kg m
3
atrofida,
o‘rtacha zichlashtirilganda 1300 kg m
3
.
Suvga talabi. Sementning bu xossasi normal quyuqlikdagi sement hamirini
olishga zarur bo‘lgan suv miqdori bilan (sement massasiga nisbatan % hisobida)
belgilanadi.
Sement hamirining normal quyuqligi Vika asbobining harakatlanuvchi
pestigi taglikka 5-7 mm qolgan holatda belgilanadi. Sementning suvga talabi 22-
28% atrofida. Gidravlik qo‘shimchalarning sement klinkeriga qo‘shilishi suvga
bo‘lgan talabni 32-37% gacha oshirishi mumkin.
Quyuqlanish davri. Vika asbobi yordamida aniqlanadi. Igna taglikka 1-2
mm etmaganda quyuqlanish davri boshlanganini, igna qorishmaga 1-2 mm gagina
kirsa, quyuqlanish oxirlaganini bildiradi. Oddiy sementlarda quyuqlanish 45
minutdan keyin boshlanib, 10 soatgacha davom etadi. Sementning quyuqlanish
davri klinkerni maydalayotgan paytda 3-5% gips (massaga nisbatan) qo‘shib
boshqariladi.
Hajmining bir tekisda o‘zgarmasligi erkin xoldagi SaO va MgO lar
gidratatsiyasidan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish natijasidir. Bu xossa normal
quyuqlikdagi sement hamirini 24 soatdan keyin 3 soat davomida suvda qaynatilib,
radial yoriqlarning hosil bo‘lmasligi bilan aniqlanadi.
Portlandsement aktivligi va markasi o‘lchamlari 4x4x16 sm li,
sement-qum 1:3 nisbatdagi qorishmasidan (massa bo‘yicha), s s=0,4
bo‘lgan, 28 sut davomida qotgan (birinchi sutkada qolipda va 27 sut xona
haroratidagi suvda) namunalar sinab topiladi. Namunalar avval egilishga sinaladi,
so‘ng hosil bo‘lgan yarimtalik prizmalar siqilishdagi mustahkamlikka sinaladi.



Sement aktivligi siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga barobar kattalikdir.


Sement markalari esa, yaxlit kattalik bo‘lib, 400, 500, 550 va 600 (kg sm
2
).

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin