Sement xossalariga maydalik darajasi, normal quyuqligi, qotish davri,
markasi va sh.k. kiradi. Sementning kimyoviy va mineral tarkiblari yuqorida bayon
etilgan bo‘lib, ular xom ashyoning tarkibiga qarab biroz o‘zgarishi mumkin.
Sementning material tarkibiga (massa bo‘yicha, %) klinker, gips, mineral
qo‘shimchalar, plastifitsirlovchi va gidrofoblovchi qo‘shilmalar kiradi. Bunday
qo‘shilmalar sement massasiga nisbatan 0,10,3% miqdorda sement tuyish paytida
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: