to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochish koeffitsienti ( ) 1 ga yaqinlashadi.
Tayyorlangan karkas bir yoki ikkala tomonidan istalgan bog‘lovchi (sement, gips,
polimer va sh.k.) asosida qorishma-matritsa bilan zarur bo‘lgan chuqurlikgacha
to‘ldirilishi mumkin. Bu usulda o‘rtasi g‘ovak, ikki cheti zichlashtirilgan yangi
tipdagi, xossalari mukammalashgan engil betonlarni tayyorlash mumkin. Karkas
tipidagi betonlar monolit pollar, yo‘laklar, aerodrom qoplamalari va boshq.
qurilishida ishlatiladi.
YAcheykali betonlar
YAcheykali engil betonlar bog‘lovchi va kremnezemli komponentlar
aralashmasini g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimcha vositasida ko‘pchitib olingan
kompozitsion qurilish materiallaridir. Qorishmaning bir meyorda ko‘pchishi
natijasida hajm bo‘yicha “yacheykali” struktura hosil bo‘ladi.
YAcheykali beton g‘ovakligini bevosita tayyorlash jarayonida boshqarish
mumkin. YAcheykali betonlar o‘rtacha zichligiga nisbatan (quritilgan holda)
issiqlik izolyasiyasi (
o
<500 kg m
3
), konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi (
o
500-
900 kg m
3
) va konstruktiv (
o
900-1200 kg m
3
) guruhlarga bo‘linadi.
Engil beton qorishmasini ikki hil usulda ko‘pchitish mumkin: gaz hosil
qiluvchi komponentlar aralashtirib kimyoviy usulda va alohida tayyorlangan
ko‘pik aralashtirilib mexanik usulda.
500>
Dostları ilə paylaş: