SHlakishqorli bog‘lvchilar asosidagi beton
SHlakishqorli bog‘lovchi qora va rangli metallurgiya shlaklari va yuqori
modulli ferroxrom shlaklari birgalikda maydalanib, belitli shlamlar, yuqori kalsiyli
TES kullari bilan natriy yoki kaliy ishqoriy metallari qorishmalari (suyuq shisha)
bilan aralashtirilib tayyorlangan gidravlik moddalardir. Bog‘lovchi olishda
elektrotermofosfor shlaklarini ishlatish yuqori natijalar beradi. Ishqoriy komponent
sifatida tarkibida ishqor bo‘lgan sanoat chiqindilarini ham ishlatish mumkin.
SHlakishqorli bog‘lovchilar M400-M1200 markalarda olinadi. To‘ldirgich
sifatida maydalangan tog‘ jinslari, sanoat chiqindilari ishlatilishi mumkin.
SHlakishqorli bog‘lovchilar mineral to‘ldirgichlar bilan aktiv reaksiyaga kirishish
xususiyatiga ega.
SHlakishqorli bog‘lovchilar asosida mustahkamligi bo‘yicha M800-M1200
markadagi og‘ir betonlar va M600-M800 markadagi engil betonlarni olish
mumkin. Beton kimyoviy agressiv muhitlarga va yuqori haroratga o‘ta bardoshli
bo‘ladi.
SHlakishqorli bog‘lovchi asosidagi betonlar yig‘ma va monolit temirbeton
konstruksiyalar, agressiv muhitlarda ishlatishga mo‘ljallangan maxsus buyumlar va
qismlar tayyorlashda ishlatiladi.
Oltingugurtli beton
Oltingugurt bog‘lovchisi asosidagi beton chaqiq tosh, qum, mineral kukun
quruq aralashmasini 140-150
0
S gacha qizdirib, 145-155
0
S haroratda eritilgan
oltingugurt bilan aralashtirib tayyorlanadi. Oltingugurt 119122
0
S haroratda kristall
holatdan suyuq holatga o‘tib, sovitilganda yana kristallanadi.
Kukun to‘ldirgich sifatida kvars, andezit, diabaz kabi kislotaga chidamli
minerallar kukuni, kislotaga chidamli sement, to‘ldirgich sifatida kvars qumi,
chaqiq tosh va boshqa sanoat chiqindilari ishlatilishi mumkin. Oltingugurtli beton
tayyorlash texnologiyasi aniqlik talab etadi, chunki haroratning 119
0
S pasayishi
beton massasining qotishiga olib keladi. Qoliplangan beton sovugandan keyin
is’temolga yaroqli bo‘lishi texnologik tizimining kichik bo‘lishi asosiy omildir.
Oltingugurtli beton mustahkamligi bo‘yicha M200-M800 markalarda
bo‘ladi. O‘rtacha zichligi 2200 kg m
3
, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha F200-F400
markalarda bo‘ladi.
Oltingugurt bir necha yuz yillardan beri maxsus qurilishlarda ishlatib
kelingan. Masalan, oltingugurt asosidagi mayin va oddiy qorishmalar tosh terishda,
metall konstruksiyalarni qoplashda va boshqalarda ishlatilgan.
Xozirgi kunda chet ellarda oltingugurtli beton bino va inshootlar
poydevorlari, qoziq-poydevorlar, kimyoviy moddalar saqlanadigan idishlar,
kimyoviy muhitlarga chidamli buyumlar va qismlar, yo‘l qoplamalari tayyorlashda
ishlatilmoqda. O‘zbekistonda oltingugurt va bitum bog‘lovchilari asosida yig‘ma
asfaltoltingugurt beton konstruksiyalari tayyorlash texnologiyasi, beton va
temirbeton konstruksiyalarini, arbolitni oltingugurt eritmasi bilan shimdirib,
xossalarini yaxshilash texnologiyalari ishlab chiqilgan.
Nazariy savollar
1.
Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.
2.
Betonlarni klassifikatsiyalab bering.
3.
Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.
4.
Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini tushuntirib bering.
5.
Betonning asosiy xossalarini aytib bering.
6.
Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jixatlarini tushuntirib bering.
7.
Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?
8.
Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?
9.
Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jixatlarini aytib bering.
10.
Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat beriladi?
11.
Engil betonlarning klassifikatsiyalab bering.
12.
Engil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.
13.
YAcheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.
14.
Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini tushuntirib bering.
|