16.1-rasm. Jamoat binolarining ba’zi bir yig‘ma temirbeton konstruksiyalari
a) tashqi bezak qoplamali devor panellari; b), v) dumaloq va oval bo‘shliqli
qavatlararo plitalar; g) yig‘ma poydevor elementlari; 1-poydevor bloki; 2-podval
poydevorlari bloki; d), e) zinapoya va zinapoya maydonchasi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlatilish sohasiga ko‘ra to‘rtta asosiy
guruxga bo‘linadi: jamoat binolari, sanoat binolari, injenerlik inshootlari, maxsus
buyum va konstruksiyalar.
Jamoat binolari uchun konstruksiyalar
Poydevor va binolarning er osti qismi uchun temirbeton bloklar, svaylar va
boshqalar ishlatiladi.
Poydevor bloklari M200, M250 va M300 markali og‘ir betonlardan
tayyorlanadi. Armatura sifatida silliq po‘lat to‘rlar ishlatiladi. Podval devorlarining
bloklari M100 va M150 markali og‘ir betondan quyidagi o‘lchamlarda
tayyorlanadi: uzunligi 2500 mm gacha, eni 500 mm gacha va balandligi 700 mm.
Bloklarning
yon
tomonida
podval
devorlarini
montaj
qilishda
foydalaniladigan va bloklarni monolitlashda ishlatiladigan maxsus o‘yiqlar (pazlar)
qoldiriladi. Montaj ishlari tugagach o‘yiqlar ketma-ket sementli qorishmalar bilan
to‘ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: