Tombop yopma panellar va plitalar M200-M300 markali og‘ir va engil
betondan yassi va qobirg‘ali tiplarda uzunligi 6 m, eni esa 1,5-3m qilib
tayyorlanishi mumkin.
Tombop yopma plitalarning qobirg‘alari ichki va tashqi tomonlarga
bo‘rtma holatda bo‘lishi mumkin. Tashqariga bo‘rttirilgan qobirg‘a baland
bo‘lmay, ustiga choklarni berkitishga mo‘ljallangan maxsus temirbeton yopma
qobirg‘ali plitalar kiydirilishga mo‘ljallangan. Tombop bunday yig‘ma temirbeton
konstruksiya choklardan suvning sizib kirishini oldini oladi. To‘shama
gidroizolyasiya materiallari ishlatmasdan suv o‘tkazmaydigan zich temirbeton
konstruksiyalar tayyorlashda ushbu tipdagi tom konstruksiyasi katta ahamiyatga
egadir.
Dostları ilə paylaş: