Yo‘l va aerodrom qoplamalari betonlari beton qorish sexlarida yoki
avtobetonqorgichlarda sinchiklab qoriladi va maxsus beton quyish mashinalari
yordamida quyiladi. Beton issiq-sovuqdan hosil bo‘ladigan deformatsiyalarni
hisobga olib deformatsiya choklari qoldirilib quyilishi kerak. Beton quyilgach
dastlabki kunlarda suvning bug‘lanishini keskin kamaytirish va qoplamaning ob-
havo sharoitiga chidamliligini oshirish maqsadida uning yuzasi maxsus polimer
materiallar (lak etinol, bitum va qatron emulsiyalari, suvda eriydigan polimerlar va
sh.k) bilan himoyalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: