muzlash va erish ehtimoli bor konstruksion yacheykali betonlarning sovuqqa
chidamlilik markasi /50.../100 bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
YAcheykali betonlarning
eng
muxim
xossalaridan biri
issiqlik
o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uning zichligi va namligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
o‘rtacha zichligi 600 kg m
3
bo‘lgan yacheykali betonning quruq holatdagi issiqlik
o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,14 Vt (m
.0
S), 8% namlikda bo‘lsa, 0,22 Vt (m
.0
S).
YAcheykali
betonlarni
namlanishdan
saqlash
maqsadida
yuzasi
turli
izolyasiyalovchi donali yoki sepma materiallar bilan qoplanishi mumkin. Gazbeton
va ko‘pikbeton tayyorlanayotganda gidrofoblik yoki
difillik xususiyatiga ega
bo‘lgan polimer qo‘shimchalarni oz miqdorda kiritish, kvars qumlarini
kukunlashda mexanik-kimyoviy aktivlashtirish ularni namlanishdan saqlaydi va
issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘zgarmasligini ta’minlaydi.
YAcheykali betonlarni vaqt o‘tishi bilan hajmiy
kirishishi yoriqlar hosil
bo‘lishiga olib keladi. Ularning kirishishi zichligiga va qotish sharoitiga bog‘liq
bo‘lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta’minlash, ularda dastlabki
yoriqlar hosil bo‘lishini ogohlantiradi.
O‘rtacha zichligi 700-800 kg m
3
bo‘lgan yacheykali betonning, nisbiy
namlik 7080%, harorat 20
0
S bo‘lsa, havodagi kirishishi 0,4-0,6 mm m tashkil
etadi.
YAcheykali
betonlar
issiqlik
izolyasiyasi
va
konstruktiv-issiqlik
izolyasiyasi buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolyasiyasi yacheykali betonlari
tashqi ikki va uch qatlamli panellar, xonalarni ajratish pardadevorlar, turar joy va
sanoat binolari tomlari va boshqa joylarda ishlatiladi.
Konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi yacheykali
betonlardan armaturasiz
devorbop bloklar, toshlar, tashqi devor panellari tayyorlashda, sanoat
sovuqhonalari devor va tomlari qurilishida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: