"Fiziokratiya" (lotincha "fizio" - yer, "kratos" - kuch; tabiat kuchi)
Adam Smit Fransiyaga sayohat qilganida u fiziokratlar deb atalgan bir guruh Fransuz yozuvchilaridan ta’sirlangan. Ular iqtisodiyot sohalarining bir biriga bog’liqligini yaxshi tushunishgan va nazorat qilinmagan bozorlar ishlash mexanizmini tahlil qilishgan.
Merkantilizm 18-asrda Fransiyada keng tarqalgan bo’lsa ham, 1750 yillarga kelib yangi fiziokratlar harakati boshlandi lekin uzoqqa chozilmadi. U iqtisodiyotni tushunishda ber necha tahliliy tushunchalar berganligi sababli uning keyingi g’oyalarning shakllanishida ahamiyatli rol o’ynadi.
Fransua Kene iqtisodiy ta’limoti
Fransua Kene (1694–1774) fiziokratlar maktabining asoschisi hisoblanadi.
] F.Kene har tomonlama bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida kambag’al dehqon
oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyinchalik tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. 1752 yilda Qirol Lyudovik XV saroyida tabiblik qildi. Tibbiyot va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot muammolari bilan 60 yoshidan boshlab shug’ullana boshladi. F.Kenening iqtisodiy g’oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxirigacha
F.Kenening tabiiy tartib to’g’risidagi iqtisodiy kontseptsiyaning huquqiy asosi - xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning moddiy va ma’naviy qonunlari hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas. Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo’ladi. Ana shunda dunyo o’z-o’zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik er egalari vakillaridan tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan