Klemmali birikmalarning boltlarini hisoblash. Reja: Bolt sterjeniga faqat cho’zuvchi tashqi kuch ta`sir etadi. Klemmali birikmalarning boltlarini hisoblash


Bir necha boltli birikmalarni hisoblash



Yüklə 4,57 Mb.
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü4,57 Mb.
#179307
1   2   3   4   5   6   7
D mexanika 2

Bir necha boltli birikmalarni hisoblash
Bir necha boltli birikmalarni hisoblash uchun avval har bir boltga tushadigan nagruzka aniqlanadi, so’ngra ularning qaysi biriga ko’proq nagruzka tushsa, shu boltning mustahkamligi hisoblanadi. Agar birikmadagi hamma boltlarga tushadigan nagruzka bir xilda bo’lsa, hisoblash juda soddalashadi. Bunday xollarda umumiy nagruzka boltlar soniga bo’linib, har bir boltga to’g’ri keladigan nagruzka topiladi. Shundan keyin birikmadagi boltlarning ishlashi yuqorida ko’rib o’tilgan xollarning qaysi biriga to’g’ri kelsa, o’sha xol uchun keltirilgan formulalardan foydalanib, boltlarning mustahkamligi hisoblab topiladi. Masalan, bir necha bolt bilan biriktirilgan muftani olaylik (10-shakl). Muftaga ta`sir etayotgan burovchi moment bo’lsin. Ma`lumki, bunday xollarda boltlar o’rnatilgan aylana bo’yicha yo’nalgan kuch
P=


10 – shakl. Flanesli muftalarda boltlarning o’rnatilishi:
bu yerda z – birikmadagi boltlar soni; D0 – boltlarning markazidan o’tadigan diametri. Bundan keyin hisoblash boltning qay tarzda o’rnatilganligiga bog’liq (bolt sterjenini hisoblashning ).

Agar birikmaga ta`sir etuvchi nagruzka ixtiyoriy nuqtada bo’lib, boltlarni notekis nagruzka ta`sir etsa, bunday xollarda har bir boltga tushadigan nagruzkani topish ma`lum malaka bo’lishini talab qiladi. Misol tariqasida, tajribada tez-tez uchrab turadigan bir xolni ko’rib chiqamiz. Bir nechta boltli birikmaga detallarni tutashgan joyidan ajratishga intiluvchi moment va kuch ta`sir etadi (11-shakl). Bunday birikmalarni hisoblash uchun avvalo R kuch tashkil etuvchi S va Q kuchlarga ajratiladi. Bu kuchlar ta`sir etuvchi nuqta detallar tutashgan joyning markaziga ko’chiriladi. Nazariy mexanika kursidan ma`lumki, bunday xollarda shu nuqtada, S va Q kuchlardan tashqari, moment ham hosil bo’ladi. Uning qiymati quyidagicha ifodalanadi:


M=Sls-QlQ (28)
Q bilan M detallarning tutashgan joyidan ajratishga intilsa, S kuch ularni bir-biriga nisbatan siljitishga intiladi. Detallarning tutash joyidan ajratish va siljitish hodisasini bartaraf qilish uchun boltlar V kuch bilan surib qo’yiladi. Birikmaga tutash joyning ajralib ketmasligini ta`minlash sharti bo’yicha hisoblanadi. Birikmaga R kuch ta`sir etishdan oldin boltlar Rt kuch bilan surib tortilganligi uchun detallarning tutashgan joyida ezuvchi kuchlanish hosil bo’ladi:
, (29)
bu yerda z – boltlar soni; Ftj detalning tutash joyidagi yuzi (boltlar uchun ochilgan teshiklarning yuzini e`tiborga olmasa ham bo’ladi).
Kuchlanish tutash joy yuzida taxminan bir tekisda taqsimlanadi deb qabul qilamiz. Q kuch boltni cho’zishga intiladi va tutash joydagi ezuvchi kuchlanish ning ta`sirini quyidagi miqdor qadar kamaytiradi:


(30)
Yuqorida keltirilgan va shunga o’xshash konstruksiyada ning qiymati juda kichik bo’lib, ko’pincha e`tiborga olinmaydi, endi tutash joyda ta`sir etuvchi momentdan hosil bo’luvchi kuchlanishga kelsak, u tutash joy yuzasining qaysi o’q atrofida aylanishiga bog’liq. Agar boltlarning hammasi yetarli darajada surib tortilgan bo’lsa, tutash joyning aylanish o’qi uning markazidan o’tadi deb hisoblash mumkin. Boltlar qanchalik bosh tortilgan bo’lsa, aylanish o’qi markazdan o’ng tomonga shunchalik siljigan bo’ladi. Agar boltlar juda bo’sh tortilib, moment ta`sirida tutash joy bir oz ochilguday bo’lsa, tutash joy konstruksiyaning o’ng qirrasi atrofida (11-shaklga qarang) aylanadi.
Shunday qilib, boltlar juda yaxshi sirib tortilgan bo’lgani uchun aylanish o’qi tutash joyning o’rtasidan (simmetriya o’qidan) o’tadi deb qabul qilamiz.
Demak,
. (31)
bo’ladi: bu erda Wtj- tutash joy yuzi uchun aniqlangan qarshilik momenti. Tutash joyga ta`sir etayotgan kuchlanishlarning hammasini e`tiborga olib, quyidagilarni yozish mumkin: tutash joydagi kuchlanishning eng katta qiymati (absolyut qiymati jixatidan)
(32)
tutash joydagi kuchlanishning eng kichik qiymati:
(33)
Tutash joy ochilib ketmasligining asosiy sharti bo’lishi kerak, chunki tutash joyning qaysi nuqtasi uchun bo’lsa, shu joy bir-biriga tegib turmaydi. Shunday ekan keltirilgan munosabatda
-
yoki

kelib chiqadi. Demak, (34)
bo’ladi; bu yerda K=1,3…..2 – tutash joyning ochilib ketmasligini ta`minlovchi ehtiyot koeffisienti.
(82) shartdan aniqlanib, (78) asosida V topiladi. Shundan so’ng topilgan V ning tutash yuza bo’yicha S kuch ta`siridan detallarning o’zaro siljishiga yo’l qo’ymasligini tekshirib ko’rish kerak. Buning uchun quyidagi munosabatdan foydalaniladi:
(35)
Agar bu shart bajarilmasa, V ning kerakli qiymati quyidagi munosabatdan keltirib chiqariladi:

V= (36)


Detallarning bir-biriga nisbatan siljib ketmasligini ta`minlash uchun (34) formula yordamida hisoblab o’tirmay, boltlarni zazorsiz o’rnatib qo’ysa ham bo’laveradi. Ammo bunday xollarda detallardagi teshiklar yetarli darajada aniqlik bilan tayyorlanishi kerak.
Agar S ning qiymati sezilarli darajada katta bo’lsa, boltlar zazor bilan o’rnatilganligicha qoldirilib, detallarning bir-biriga nisbatan siljishini bartaraf qilish uchun maxsus qurilmalardan foydalanish mumkin (52-shakl).
Boltlarning mustahkamligini hisoblashda yuqorida keltirilgan (35) va (36) munosabatlardan topilgan V ning katta qiymati e`tiborga olinadi. Tashqaridan ta`sir etuvchi Q kuchning har bir boltga tushadigan qismi

RQ =



Yüklə 4,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin