Bolt sirib tortilgan, tashqaridan bolt sterjeniga cho’zuvchi kuch ta`sir etadi. Bunga bosim ostida bo’ladigan germetik idishlarning qopqog’ini biriktiruvchi boltlar misol bo’la oladi (3-shakl). Bunday holda boltlar sirib tortilganda idishning germetikligi va qopqoqqa bosim ta`sir etganda uning hech ko’tarilmay, idishdagi havo yoki suyuqlikni tashqariga chiqarib yubormasligi ta`minlanadi. Bunday hollarda bolt sterjenini hisoblash birmuncha qiyin, chunki sirib tortilgan boltning sterjeni cho’zilgan, bu bolt vositasida biriktirilgan detallar esa siqilgan holatda bo’ladi. Tashqi bosim ta`sirida boltning sterjeni qo’shimcha cho’ziladi, detallarning siqiqligi esa bo’shashadi. Agar detallar siqiqligining bo’shashish qiymati bolt sterjenining cho’zilish qiymatidan katta bo’lsa, qopqoq bilan idish orasida bir qadar tirqish hosil bo’lib, idishdagi havo yoki suyuqlik chiqib keta boshlaydi. Shuning uchun boltlarni sirib tortishda ulardagi cho’zuvchi kuchning yetarli darajada bo’lishini ta`minlanmoq zarur, ya`ni ta`sir etuvchi bosim ostida detallarning siqiqligi butunlay yo’qolib ketmasligi shart. 3-4 shakl.
3 – shakl. Geometrik idishlar 4 –shakl qopqogining boltlar bilan biriktirish Bu degan so’z, ta`sir etuvchi bosim miqdori nominal miqdorga yetganda ham bolt vositasida biriktirilgan detallar siqilgan holatda bo’lishi kerak, demakdir. Faqat bu siqiqlikning qiymati bosim ta`sir etmay turgandagiga qaraganda anchagina kichik bo’ladi.
Bolt sterjenini hisoblash uchun sirib tortishda hosil bo’lgan taranglik kuchini Vbilan belgilaymiz. Agar boltlar soni -desak, bitta boltga tashqaridan ta`sir etuvchi kuchni P = deb olish mumkin.
Yuqorida aytilganlarga ko’ra, boltning Vkuch ta`sirida cho’ziq holatda bo’lgan sterjeniga tashqi P kuch qo’yilsa, u qo’shimcha p cha cho’ziladi, detallarning siqiqligi esa shuncha bo’shashadi. (5-shakl). Bu degan so’z, tashqaridan ta`sir etuvchi nagruzkaning bir qismi sterjenni qo’shimcha cho’zishga sarflansa, bir qismi detallarning siqiqligini kamaytirishga ketadi, demakdir. Agar nagruzkaning bolt sterjenini cho’zishga sarflangan qismini ko’rsatuvchi koeffsientini bilan belgilasak, u holda tashqi nagruzkadan boltga qo’shimcha P kuch ta`sir etadi, detallarni siqib turgan kuch esa (1- )P qadar kamayadi. Tashqi kuch ta`siridan sterjenlar qancha cho’zilsa, detallarning siqiqligi shuncha kamayadi. Shuning uchun
p = P = (1- )P (4)
bo’ladi, bu yerda - boltning beriluvchanligi, bu kattalik deformasiyaning 1N nagruzka ta`sirida o’zgarishiga son jihatdan teng. detallarga tegishli beriluvchanlik; (55) tenglikda binoan:
(5)
Odatda uchrab turadigan konstruksiyalar uchun:
(6)
bu yerda Eb va Ed- boltlar va detal materiallarining elastiklik moduli; Fb va Fd - boltlar va detal kesimlarining yuzalari lb – boltning deformasiyalanuvchi qismi uzunligi; hd=h1+h2 - detallar qiyaligining yig’indisi ( bu yerda lb hd desa bo’ladi). Fd deganda detal` kesimining hamma yuzi nazarda tutiladi. Uning taxminiy qiymatini 43-shakldagi aniqlash mumkin. Deformasiya gayka va bolt kallagining sirtidan boshlanib, 300 burchakli konus shaklida yoyilgan bo’ladi deb taxmin qilinadi. Konus hajmini silindr hajmi bilan almashtirib, quyidagilarni yozish mumkin: