32
4-jadvalda Respublikamiz hududida rieltorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi
malaka sertifikatiga ega shaxlar hududlar boyicha ko’rstkichlari bilan berilgan.
Mamlakatimizda eng ko’p malaka serifikatiga ega shaxslar
soni Toshkent shahrida
joriy yilda 699 tani tashkil etganligi, 2015 yilga nisbatan 17 taga ko’payganligini,
bu esa 2% ga oshganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek, yuqori ko’rsatkichlar
Samarqand viloyatida (2015 yilga nisbatan 2taga ko’paygan, bu esa 1% ga
o’sgan) va Toshkent viloyatida (2015 yilga nisbatan 1taga ko’paygan, bu esa 1%
ga o’sganligini) ko’rishimiz mumkin. Malaka sertifikatiga ega, reyiltorlik faoliyati
bilan shug’ullanuvchi shaxslar soni ortib borishi iqtisodiyotda ko’chmas mulkning
o’rni tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi.
Jami rieltorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bеrilgan litsеnziyalar soni
246 tani tashkil etdi. Shundan, 26 ta litsеnziya bеkor qilingan. Amalda 220 ta
litsеnziya mavjud.
18
H
ar qanday davlatning taraqqiyoti ko’chmas mulk
bozorining rivojlanganlik
darajasi bilan uzviy bog’liq. Shu bois mamlakatimizda ko’chmas mulkka oid
munosabatlarning huquqiy asoslarini
yaratish va takomillashtirish, rivojlangan
ko’chmas mulk bozorini shakllantirishga chuqur e'tibor qaratilmoqda.
Natijada,
ko’chmas mulklar va ularga bo’lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog’liq
xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati ham kеng rivojlanmoqda.
Bugungi kunda ko’chmas mulk bozorida profеssional xizmat ko’rsatuvchi
«Rеspublika ko’chmas mulk birjasi», «Agrosanoat» ko’p tarmoqli birjasi,
Rеspublika mulk auktsioni, «Poytaxt auktsion» va «Munitsipal birja» mas'uliyati
chеklangan jamiyatlari aholi va xo’jalik yurituvchi
subyеktlarga ushbu turdagi
xizmatlarni ko’rsatib kеlmoqda. Ayni paytda ko’chmas mulk obyеktlari va ularga
bo’lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan rasman davlat ro’yxatidan o’tgan
mustaqil brokеrlik idoralari ham shuqullanayapti.
Dostları ilə paylaş: