4
bilimlarni o’rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda
bularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalargaga ega bo’lish.
Kurs ishi vazifalari.
1.Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari
va uni iqtisodiyot bilan
bog’liqlikda o’rganishining zaruratini o’rganish va mavjud bilimlarni
tizimlashtirish.
2.Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni,
ahamiyati va rolini
o’rganishning metodologik asoslarini tizimlashtirish va kerakli xulosalarni
chiqarish.
3.Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni,
ahamiyati va rolini tahlil
qilishning amaliy metodikasini o’rganish.
4.O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharotida ko’chmas mulk bozori masalarini
o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti bo’lib,
ko’chmas mulk bozori hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti.
Ko’chmas mulk bozorida
amalga oshiriladigan
mulkiy munosabatlar.
Kurs ishi kirish,
uchta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan tashkil topgan.
5
I. Ko’chmas mulk bozorining nazariy asoslari va uni iqtisodiyot bilan
bog’liqlikda o’rganishining zarurati
Bozor - bu ma’lum hajm, qimmat, qiymat va narxga ega bo’lgan tovarning
erkin savdosi bilan bog’liq tashkillashgan ijtiomoiy-iqtisodiy-informatsion-
huquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni turli omillar ta’siri
sharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta’minlovchi
yaxlit murakkab tizim
(mexanizm) sifatida namoyon bo’luvchi tovar bo’yicha talab va taklif funksiyasi.
Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat va iqtisodiyotning barcha subyektlari
tomonidan birgalikda ularni har birining alohida manfaatli
maqsadlari doirasida
harakatga keltiriladi. Bozorda tovarlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lardan
iste’molchi (haridor)larga tomon, moliyaviy resurslar esa aksincha yo’nalishda
harakat qiladi.
1
Ko’chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil
topgan mulk. Ko’chmas mulk o’z ichiga yer ustida yoki yer ostida joylashgan va
yerga o’rnatilgan moddiy mulklarni oladi.
Ko’chmas mulk tarkibiga qonun bo’yicha – yer maydonlari, uylar, zavodlar,
fabrikalar, qo’rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo’sh yer uchastkalari va
temir yo’llar, chegaralangan suv obyektlari va yer bilan bog’liq barcha narsalar
kiradi, ya’ni bunday obyektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ularga zarar
yetkazmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bular jumlasiga shuningdek o’rmonlar,
ko’p yillik ekinlar, binolar, inshoatlar kiradi.
«Ko’chmas mulk bozori – bu sotuvchi va xaridorlar o’rtasida ko’chmas
mulkning konkret narxni aniqlash uchun birlashadigan va natijada ko’chmas mulk
ayriboshlanishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tashkiliy tadbirlar tizimi».
Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining
ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik
yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq
barcha joriy operatsiyalar
yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud».
1
Shoha’zamiy.Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. Toshkent “Iqtisod-moliya” 2015 -460 b.
6
«Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish
sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy
munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas
mulkni oldi-sotdi jarayonida, ipoteka, ko’chmas mulk
obyektlarini ijaraga berish
jarayonlarida yuzaga keladi»
Dostları ilə paylaş: