Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati va rolini o’rganishning metodologik asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix08.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#142043
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
kochmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi orni ahamiyati va roli

11
 
11
Shoha’zamiy.Sh.Sh.Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari T.:Iqtisod-moliya,2015. 460b. Rasm talaba 
tomonidan o’zgartirilgan. 
MHI 
JSHM 
Ko’chmas 
mulk bozori 
DI 
YUSHM 


17 
Ko’chmas mulk bozorining iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyatini 7-rasmdagi 
tuzilmaviy-funksional model yordamida makro-, mezo-, mikro- va nano 
pog’onalarida o’rgansa bo’ladi. 
Modelda ko’chmas mulk bozori subyektlaridan iborat: 
DI va S1 – davlat boshqaruvi institutlari, ularning ko’chmas mulk bozoridagi 
regulyativ va mulkiy munosabatlari lokal sikli;
MHI va S2 – mahalliy hokimiyat institutlari, ularning ko’chmas mulk 
bozoridagi regulyativ va mulkiy munosabatlari lokal sikli; 
JShM va S3 – mulkdor jismoniy shaxslar, ularning ko’chmas mulk bozoridagi 
mulkiy munosabatlari lokal sikli; 
YuShM va S4 – mulkdor yuridik shaxslar, ularning ko’chmas mulk 
bozoridagi mulkiy munosabatlari lokal sikli. 
Bunda ko’chmas mulk bozori orqali S1, S2, S3 va S4 lokal sikllar bo’yicha 
mulkiy huquqlar subyektlariga tegishli fuqarolik huquqlari obyektlarining (FHO) 
maqsadli harakati amalga oshiriladi. Soliqlar va daromadlar alohioda tashqi sikllar 
bo’yicha (Ko’chmas mulk bozori) dan tashqari, harakatlanadi. DI va MHI 
to’g’ridan-to’g’ri munosabatda alohida TTM kanali bo’yicha amalga oshirilishi 
mumkin. 
Mulkiy huquqlari subyektlarining FHO bo’yicha mulkiy munosabatlari 
Ko’chmas mulk bozori orqali oshirilgani sababli, makroiqtisodiyotda markaziy 
o’ringa ega. 
Vaholanki, iqtisodiyotning Ko’chmas mulk bozori bilan bog’liqlikdagi 
faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadi. Bunda Ko’chmas mulk bozori 
ko’rsatkichlari (indikatorlari) – bozorda FHOlar iqtisodiy fantoml;arining miqdoriy 
o’zgarishi tendensiyalari, bozor savdosining umumiy hajmi ko’chmas mulk 
bozorining kapitalizatsiyashuvi darajasi (YaIMga nisbatan, %) – muhim rol 
o’ynaydi. 
Rieltorlik faoliyati xizmati turlari: 
1. Ko’chmas mulk obyеktlariga va ularga bo’lgan huquqlarga doir bitimlarni 
tuzish chog’idagi vositachilik; 


18 
2. Ko’chmas mulk obyеktlarining va ularga bo’lgan huquqlar savdosini
tashkil etish; 
3. Ko’chmas mulk obyеktlarini ishonchli boshqarish; 
4. Ko’chmas mulk bozorida axborot va maslaxat xizmatlari. 
Axborot va maslaxat xizmatlari (AMX) - ko’chmas mulk bozorida Rieltorlik 
tashkilotlari va Rieltorlar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) tomonidan shartnoma 
asosida ko’rsatiladigan Rieltorlik xizmatlarining turi bo’lib, buyurtmachini 
ko’chmas mulk obyеktlari va ularga bo’lgan huquqlar to’g’risidagi, ko’chmas 
mulk bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda prognoz qilish 
haqidagi, mazkur bozorning kon'yunkturasi, ko’chmas mulk bozori sohasidagi 
normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi axborot bilan ta'minlashni, shuningdеk 
ko’chmas mulk ob'еktlari rеklamasining tarqatilishini tashkil etishni, bitim 
taraflarini tanlash bo’yicha tavsiyalarni o’z ichiga oladi.
12
Ko‘chmas mulk bozori subyektlariga davlat, Ko’chmas mulk bozori 
sotuvchilari va xaridorlari, rieltorlar kabilar kiradi. Ko‘chmas mulk bozori 
infratuzilmasining asosiy funksiyalari va uning faoliyatining turlari shartli ravishda 
uch guruhga bo‘linadi: 

birinchi guruh – ko‘chmas mulk bozorini o‘rganish; 

ikkinchi guruh – ko‘chmas mulk bilan operatsiyalarni tayyorlash; 

uchinchi guruh – ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar o‘tkazish. 
Infratuzilmaning birinchi guruh funksiyalarini bajarishdagi faoliyati marketing 
tadqiqotlari,yuridik maslahatlar va axborot xizmatlarini o‘z ichiga oladi. 
Birlamchi bozor - bu ko’chmas mulk tovar sifatida birinchi bor bozorga
tushadigan iqtisodiy vaziyat. Xo’jalik yuritishning ma'muriy-buyruqbozlik
tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish va xususiylashtirishni amalga oshirish
sharoitida ko’chmas mulk bozorida asosiy sotuvchi bo’lib, o’z boshqaruv organlari 
orqali davlat ishtirok etadi. Ko’chmas mulk bozori infratuzilmasining asosiy 
12
O’zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (2-son RXMS) «Ko’chmas mulk bozorida 
axborot va maslahat xizmatlari»ni tasdiqlash to’g’risida[O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 
yil 18 noyabrda ro’yxatdan o’tkazildi]


19 
funktsiyalari va uning faoliyatining turlari shartli ravishda uch guruqga bo’linadi: 
birinchi guruh - ko’chmas mulk bozorini o’rganish; ikkinchi guruh - ko’chmas 
mulk bilan opеratsiyalarni tayyorlash; uchinchi guruh - ko’chmas mulk bilan 
opеratsiyalarni o’tkazish. Infratuzilmaning birinchi guruq funktsiyalarini 
bajarishdagi faoliyati markеting tadqiqotlari, yuridik maslaxatlar va axborot 
xizmatlarini o’z ichiga oladi.
Ikkilamchi bozor - ko’chmas mulkning ilgari istе'molda bo’lgan va ma'lum bir 
mulkdorga - jismoniy yoki yuridik shaxsga tеgishli bo’lgan tovar sifatida bozorga 
taqdim etilishi.
Turli tovarlarga bo’lgan talab va taklif xoh u ko’chmas mulk bo’lsin yoki 
boshqa tovar bo’lsin, aynan bozorda vujudga kеladi. Taklif ishlab 
chiqaruvchilarning imkoniyatlariga qarab, talab esa shu tovar yoki mahsulotga 
bo’lgan ehtiyojga, haridorning uni sotib olish imkoniyatiga qarab bеlgilanadi: 
tovarga bo’lgan ehtiyoj qanchalik kuchli bo’lmasin, uni pulsiz sotib olish mumkin 
emas. Agar pul bo’lmasa, talab ham bo’lmaydi, talab va taklifning nisbatidan esa 
narx vujudga kеladi. Ammo talab va taklif ham birinchi navbatda narx-navoga 
bog’liqdir. Bozor qandaydir tarzda elеmеntlar o’rtasida muvozanat o’rnatadi, 
narxni, talab va taklifni boshqaradi.
Ko‘chmas mulk va uning bozori turlari: 
Uch xil ko‘chmas mulk turini ajratish mumkin: yer, turar-joy va noturar-joy 
yerlari. 
Ko‘chmas mulkning bazaviy obyekti – yer. Ko‘chmas mulkni turga 
bo‘linganda, uning bir qancha alomatlariga moslab, sinflarga ajratiladi,bu esa 
ko‘chmas mulk bozorini yanada izchil tadqiq etish imkonini beradi va turli 
kategoriyadagi ko‘chmas mulklarni baholash metodlarini ishlab chiqish va 
qo‘llashni va ularni boshqarishni osonlashtiradi. 
Ko‘chmas mulk bozorining quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin: 
- mahalliylik; 
-obyektlar o‘zaroalmashuvchanligini pastligi; 


20 
-mavsumiy tebranishlar; 
-bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish zaruriyati. 
-ko‘chmas mulkni moliyalash xarajatlarining uch guruhi mavjud: 
-ko‘chmas mulk obyektini funksional holda saqlash xarajatlari; 
- ko‘chmas mulkka egalik qilish uchunyillik soliq; 
- ko‘chmas mulk bitimlaridagi yuqori transaksion xarajatlar. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin