Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o‘sish mamlakat iqtisodiy o‘sish sur’atlarining 
m
a’lum yillar davomida (odatda besh yil) ijobiy va o‘zaro muvofiq o‘sish dina
mikasidan 
vujudga keladigan iqtisodiy o‘sishdir.[3] 
Mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tishi ko‘p jihatdan ushbu mamlakatning 
jahon iqtisodiyotiga samarali integrats
iyalashuvi bilan bog‘liq bo‘ladi. Yangi industrial 
mamlakatlarning tajribasi
ni qiyosiy taqqoslaganda import o‘rnini qoplash siyosatiga nisbatan 
eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy o‘sish modeli samaraliroqligini ko‘rishimiz mumkin. Shu 
sababli mamlakatlar t
ashqi savdo yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash va jahon iqtisodiyotiga 
inte
gratsiyalashishga harakat qilishadi. Ushbu holat jahon iqtisodiyotining o‘sishi sharoitida 
ommaviy tus oladi. 2010-
2016 yillarda jahon iqtisodiyotida o‘rtacha yillik o‘sish 3% ni t
ashkil 
etdi. 2017-
yilda ushbu ko‘rsatkich 3,8 %ga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2018 
va 2019-yilda 3,9 %ga 
yetishi prognoz qilinmoqda.[4] Ushbu holat jahon iqtisodiyoti ochiqlik darajasining o‘sishiga 
turtki bo‘ldi. Real iqtisodiy o‘sish mohiyati iqtisodiyotining a
sosiy ziddiyatlarining yangi 
darajasida qayta tiklash va ruxsat berishdan ib
orat bo‘lib: ishlab chiqarish resurslarining 
cheklanmaganligi va jamiyat ehtiyojlarining cheklanmaganligi orasida namoyon bo‘ladi.[5]
Xulasa qilib aytganda, iqtisodiy o‘sish deganda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishning 
miqdoriy jihatdan ko‘payishini tushunsak, iqtisodiy rivojlanish deganda esa iqtisodiy o‘sishga 
nisbatan kengroq tushunchani, ya’ni nafaqat ishlab chiqarish hajmining ortishini, balki aholi 
turmush darajasi o‘sishini va iqtisodiyotda bo‘layotgan turli xildagi o‘zgarishlarni ham 
ifodalanishi tushuniladi. Iqtisodiy rivojlanish - 
iqtisodiy o‘sishga nisbatan kengroq tushuncha 
bo‘lib, u nafaqat ishlab chiqarishning ortishini, balki uning kamayishini hamda iqtisodiyotdagi 
o‘zgarishlarni ham ifodalab keladi. Iqtisodiy rivojlanish ko‘p tomonli jaray
on hisoblanadi 
hamda texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin