www. kokanduni.uz q
о‘shiqchilikning barcha shakllari, turlari “Tomosha” degan birgina istiloh bilan ifodalangan.
Asli arabcha bu s
о‘z “Qarash, kо‘zdan kechirish” degan ma’nolarni anglatadi. Ammo Mar
kaziy
Osiyo mintaqasida uning ma’no doirasi juda keng bо‘lib, kо‘pchilikka mо‘ljallangan hamda
k
о‘ruvchi va tinglovchini quvontiradigan yoki qayg‘urtiradigan, ba’zan hatto jumbushga
soladigan ijrolar, maydon ma’rakalari, marosimlar bilan bog‘liq namoyishlar va о‘yinlar –
barchasi “Tomosha” deb yuritilgan. Turkiychada “О‘yin” atamasi ham ishlatilgan
. Biroq uning
q
о‘llash doirasi haddan tashqari juda keng bо‘lib, ermak mashg‘ulotlar, badantarbiya va
sportga aloqador sohalarni ham
о‘z ichiga olgan. Amir Temur Movarounnahrda ilgaritdan
mavjud an’analarni davom ettirgan holda, о‘zining har bir g‘alabasin
i bayram, t
о‘y bilan
nishonlagan. Har bir aziz mehmonni ziyofat va bazm bilan siylagan. Oilaviy marosimlarni ham
sozanda, xonanda va raqqosu-raqqossalarsiz, umuman olganda
о‘yinchilarning katta
-katta
guruhlarini jalb etgan holda
о‘tkazishni yoqtirgan. Unin
g davrida xalq bayramlari juda ham
keng k
о‘lamda nishonlanganligini tarixiy manbalardan topishimiz mumkin. Xos bazmla
rda
maqom kuylari chalingan. Bu kuylarga raqqos va raqqosalar xirom etgan, masxara va
muqallidlar kuldirgan, bayramlarda katta maydon va ma
’rakalarga yarasha tomoshalar
k
о‘rsatilgan. Maydon tomoshalari orasida ot bilan bajariladigan poyga, uloq chopish
(K
о‘pkari), otdan ag‘darish, chavgon, qaboq о‘yin kabilar, haqqoniy kuch sinovi hisoblanmish
kurash (Gushtirlik), qilich, nayza, gurzi va boshqa jangovar qurol va aslahalar bilan
о‘tadigan
bellashuvlar, shuningdek, q
о‘chqor, xо‘roz urishtirish kabi qadimiy о‘
yin va musobaqalar
yetakchilik qilgan. Amir Temurning tug‘ilgan shahri Shahrisabz о‘rta asrlarda «Kubbatul ilm
val adab» degan muqaddas nom
ga sazovor b
о‘lganligi tarixdan yaxshi ma’lum. Tarixiy
ma’lumotlarning guvohlik berishicha, Shahrisabzda о‘z davrinin
g mashhur islom
namoyondalari yashagan b
о‘lib, ulardan biri Abu Muhammad Obdon Keshiy edi. XIV
-XV
asrlarda Abdulloh Samarqandiy, Abu Abdulloh Muhammad Buxoriy va Abul Husayn Muslim
Nishopuriylar ham Shahrisabzda yashab islom tariqatini rivojlantirganlar. Amir Temur
olimlar bilan suhbat va bahslar uyushtirishni yaxshi k
о‘rgan, g‘oliblarga qimmatbaho tuhfalar
bergan. Sohibqiron hayotlik paytidayoq uning saroyidagi olimlar ilmiy kashfiyotlar bilan
shuhrat qozonganlar. Bular qatoriga nasta’liq xatining kashfiyotchisi Abdulqodir Marog‘iniy
(1334-
1435), buyuk riyoziyotchi G‘iyosiddin Jamshid, munajjim Sayyid Sharif Jurjoniy (1339–
1413), faylasuf va
qomusiy olim Sa’diddin Taftazoniy (1322–
1392), Xoja Muhammad Porso
(1420 yilda vafot etgan) va boshqalarni kiritish mumkin. Ilm ahlining vakillari, ayniqsa,
tarixchilar, tibbiyot va nujum sohalari bilimdonlari (tarixchi Xofizi Abru, diplomatlar
Shamsiddin Olmaliqiy va mavlono Abdulloh al Keshiy, munajjim Abdulloh Lison, tabib
mavlono Fazlulloh Tabriziy va boshqalar) Sohibqironga safarlarda hamrohlik qilganlar.
Sa’diddin Taftazoniy va Sharif Jurjoniy Amir Temur saltanatidagi qomusiy olimlar edi. Amir
Temur tarix fanini, ayniqsa, xalqlar, elatlar tarixini juda yaxshi bilgan,
о‘zi muntazam tashkil
qilib turgan ilmiy majlislardagi munozaralarda faol qatnashgan. Xofizi Abruning
ta’kidlashicha, bunday ilmiy bahslarda Sohibqiron о‘zini juda oddiy tutarkanki, davradagilar
uning hukmdor ekanligini ham unutib q
о‘yarkanlar. Arab tarixc
hi olimi ibn Xaldun ham
Damashq ostonasida Amir Temur bilan uchrashib suhbatlashganida, uning bilim doirasining
kengligiga tahsin aytganligini manbalar orqali bilamiz. Amir Temur saltanatida fanning turli
sohalari bilan bir qatorda, amaliy san’at, xattotlik san’ati, kitobot, adabiyot kabi sohalari ham
rivojlandi. U
о‘z saltanatidagi barcha xalq, elatlarning madaniyati, san’ati rivojiga ham e’tibor
bergan. Amir Temur davriga kelib Movarounnahrda kitobot madaniyati yutuqlarining
sintezlashuvi sodir b
о‘ladi. Ustalarning ilhom bilan ijod qilishiga shart
-sharoit yaratildi,
dunyoda eng yaxshi qog‘oz ishlab chiqarildi. О‘rta Osiyoda qо‘lyozma kitoblarning ajoyib
namunalari yaratildi. Amir Temurning Buyuk ipak y
о‘lini har tomonlama rivojlantirish
yuzasidan qilgan say-
harakatlari Sharq va G‘arb orasida erkin axboro
t almashuviga, kitob
ishlab chiqarish va uning t
о‘siqsiz olib о‘tilishi orqali axborot makonining kengayishiga ta’sir