Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə435/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
tajribali pedagog, o‘qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumligini ta`kidlaydi. Chunki har bir odam 
ham baxtni va narsa hodisalar
ni o‘zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o‘qituvchi lozim.
Forobiy ta’lim –
tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali hamma narsaga erishish mumkin, deydi. 
Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim –
tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy 
jihatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-
qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va 
hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib qoidalariga 
rioya etadi. 
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif 
bergan olim sanaladi.
 
Ta’lim

degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish
tarbiya

nazariy fazilatni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy 
malakalarni o‘rgatishdir, deydi
olim. 
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy –
axloqiy 
qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb
-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi.
 
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI 
asrning boshlarida, g‘oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Beruniy o‘z navbatida 
Xorzam tili bilan birga sug‘diy, forsiy, suryoniy, yunon, qadimgi yahudiy
tillarini, hatto qadimgi xind 
tili sanskritni ham o‘rgangan. U yunon klassik ilm
i, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, 
geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi. 
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo‘llar
i, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham 
dolzarbdir. O‘quvchiga bilim
berishda:

o‘quvchini zeriktirmaslik;

bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik;

uzviylik, izchillik; 

tahlil qilish va taqqoslash; 

ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish;

takrorlash; 

yangi mavzularni qi
ziqarli, asosan, ko‘rgazmali bayon etish va hokazoga e’tibor berish 
kerakligi o‘qtiriladi.
Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt 
bilan o‘rganishga da’vat etadi.
Olim ilm toliblariga qalbni yomon ill
atlardan, inson o‘zi sezishi mumkin bo‘lmagan 
holatlardan, qotib qolgan urf-
odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko‘
zlikdan, shon-
shuhratdan saqlanishi zarurligini o‘qtirgan. 
Shuningdek, har bir xalqning o‘ziga xos ta’lim usullari, yo‘llari, shakllari borligini ta’kidlash 
bilan birga har bir xalqning ham o‘qitish tizimi alifbodan boshlanishini ko‘rsatadi. Grammatika, 
m
atematika fanlarini o‘qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi. Beruniy til va adabiyot, tarix, 
geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorishunoslik, fizika, falakiyot 
ilmiga oid tadqiqotlarini o‘zi targ‘ib etgan nazariya hamd
a kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab 
ko‘rib, fanda haqiqat ustivor turishini ta’kidladi. U barcha illatlarning asosiy sababi ilms
izlikda deb 
biladi. Ilmlarni egallashda esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitni alohida ta’kidlaydi.Bilim olishda 
tushun
ib o‘rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga alohida e’tibor beradi. Jamiyatning 
ravnaqi, ma’rifatning rivojiga bog‘liq
degan g‘oyani ilgari so‘radi. Beruniy bilim olishni axloqiy 
tarbiya bilan bog‘laydi. Zero, insonda komillikning muhim mez
oni yuksak axloqlilikdir deydi. 
Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan xolda ta’rif beradi. 
Axloqiylik 
yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi 
deydi. U yaxshi xislatlarga to‘g‘rilik, odillik, o‘zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, 
ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi.Yomon 
illatlarga esa xasadgo‘ylik, baxillik, nosog‘lom raqobat, o‘z manfaatini ko‘zlash, mansabparastlik va 
hokazolarni kiritadi.


389

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin