www. kokanduni.uz Sharq va Ovro‘pada ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligi tufayli, «Shayx –
Ur -
Rais» Sharqda «Olimlar boshlig‘i», Ovro‘pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo‘lgan
allomalardan b
iri o‘rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir.
Ibn Sino bola tarbiyasiga, uni
bilim olishiga nihoyatda katta axamiyat beradi. U
bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash
zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga
o‘qitilishi va
tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda
jamoa bo‘lib o‘qishini
foydasi quyidagicha ifodalangan:
Agar o‘quvchi birga o‘qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir
-biridan
qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi.
O‘quvchiga bilim berish o‘qituvchining ma’suliyatli burchidir. Shunga ko‘ra ibn Sino
o‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, uni quyidagicha izoxlaydi:
➢
bolalar
bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
➢
berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi;
➢
ta’limda tur
li metod va shakllardan foydalanishi;
➢
talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
➢
fanga qiziqtira olishi;
➢
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
➢
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
➢
har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishishi zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning bilish ta’limotida qaysi metodlardan foydalanilmasin –
u og‘zaki ifodami,
bilimlarni tushuntirishmi, turl
i ko‘rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir o‘q
uvchida haqiqiy
bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga
tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish kerakligini ta
ʼ
kidlaydi. Olim insonning kamolga
yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega deb tushunadi. Tadqiqotchilar uning
falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritganlari o‘n ikkita deb qayd etadilar.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) d
eb ataydi.
Olimning fikricha, axloq fani kishilarni
ng o‘ziga va boshqalarga nisabatan xatti
-
harakati me’yorlari
va qoidalarini o‘rganadi. Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha
bilan ta’riflaydi:
Dunyoda mavjud bo‘lgan
jami narsalar tabiatiga ko‘ra kamolot sari intilad
i. Kamolot sari
intilishning o‘zi esa mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...» .
Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta’rifini beradi:
➢
mo‘tadillik –
tan uchun zaruriy oziq va xulq ma’yorlariga to‘g‘ri kel
maydigan ishlarni
qilmaslik;
➢
sahiylik
–
yordamg
a muxtoj kishilarga ko‘maklashuvchi insoniy quvvat;
➢
g‘azab –
biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik
–
inson o‘z boshiga tushgan
yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
➢
aqillilik
–
biror ishni bajarishda shoshma
–
shosharlikdan saqlovchi quvvat;
➢
ziyraklik
–
narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga
yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob
–
uqibatga duchor bo‘lganda, ular bilan
xushmuomalada bo‘luvchi ins
oniy quvvat;
➢
kamtarlik
–
xudbin ishlar
bilan shug‘ullanishdan to‘xtatuvchi kuch sifatida ta’rif beradi.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida to‘siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik,
shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko‘rsatib o‘tadi.
Johillikni
–
ilmga, nodonlikni
–
zehni
o‘tkirlikka,
shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni
–
sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida
ta’riflaydi.
Ibn Sino insonlarga ularning tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki ularning ichki, ma’naviy
dunyosiga qarab baho berish kerakligini uq
tiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg‘usiga ega, u tabiiy
zarurat sifatida namoyon bo‘ladi, lekin inson o‘z tuyg‘ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan