413
www.
kokanduni.uz
- kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish; jismonan va ruhan
toliqishga yo‘l qo‘ymaslik; aqliy va jismoniy mehnatni gigienik talablar asosida to‘g‘ri
rejalashtirish;
-
to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish;
- shaxsiy va umumiy gigiena talablariga rioya qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatga erishish;
- yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va bax
tsiz hodisalarning ro‘y berishini oldini olish;
-
to‘g‘ri jismoniy tarbiya olish;
- psixogigiena talablari (haddan tashqari asabiylashish va hayojonlanishning oldini
olish)ga amal qilish;
-
zararli odatlarga berilmaslik (tamaki mahsulotlarini iste’mol q
ilmaslik, ichkilikbozlik
va giyohvandlikka yo‘l qo‘ymaslik va h.k.).
Yuqoridagi mezonlarga asoslanib, quyidagi to‘xtamga kelish mumkin:
Sog‘lom tu
rmush tarzi
–
bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga
xizmat qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lish asosida hayotiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda
salomatligini yuqori darajada bo‘lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir [5].
Talaba-
yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish asosiy vazifasi hisoblangan,
jismoniy tarbiya sohasi
dagi kerakli bilimlar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirib borib,
onglilik, milliy g‘urur, insonparvarlik, vatanparvarlik, baynalminallik, fuqarol
ik burchini his
etishdek zarur fazilatlar tarbiyalanadi. Mashqlarni bajarishdagi o‘zaro yordam va o‘yinda bi
r-
birini qo‘llash, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish, bolalarda do‘stlik, o‘rtoqlik,
birodarlik hissini rivojlantiradi.
Jamiyatimizning ho
zirgi kundagi, ham son jihatidan, ham faolligi bo‘yicha, ham
kelajagimiz poydevori sifatida istiqboldagi yetakchi va hal qiluvchi kuch hisoblangan
yoshlarimiz, shu jumladan o‘quvchilar, talabalar va ularning salomatligi, sog‘lom turmush
tarzi to‘g‘risidagi
bilimlari, amaliy malaka va ko‘nikmalari va ularga qay darajada samarali va
to‘g‘ri rioya qilishi millatimi
zni, xalqimizni kelgusi istiqboldagi yuksalish darajasini belgilab
beradi.
Ana shu nuqtai nazardan qaralganda, o‘quvchi yoshlarning sog‘lom turmush
tarzi
to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan asoslangan bilimlarini batafsil va to‘liq o‘zlashtirishlari, unga rioya
qilish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, yanada takomillashtirish har doim ham o‘z
muhimligini va dolzarbligini saqlab kelgan.
Tadqotimizni
ng davomida ana shu maqsadda dastlabki holatni o‘rganish bo‘yicha
tajriba-sinov maydonchalari sifatida belgi
lab olgan ta’lim muassasalarimizda anketa
-
so‘rovlarini o‘tkazdik.
Ta’lim muassasasida ta’lim
-
tarbiya olayotgan yoshlarning sog‘lom turmush tarzi
to‘g‘risidagi bilimlari, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish malaka va ko‘nikmalari hamda
ularga rioya qilish darajasini aniqlash hamda yoshlarda salomatlik qadriyatlarini
takomillashtirish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Ishni tashkil etish jarayonida t
alaba -
yoshlarning sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini aniqlash, unga amalda
rioya qili
sh malaka va ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasini o‘rganish uchun QDPI Jismoniy
madaniyat fakulteti talabalari 2-
bosqich talabalari o‘rtasida
Dostları ilə paylaş: